1. 1. Bir uchini yerga, ikkinchi uchini biror tik narsaga taqab turg‘izib qo‘ymoq; tiramoq, tayamoq.
Hassani devorga suyab qo‘ymoq. Tepib o‘tma, suyab o‘t.
Maqol
U devorga suyab qo‘yilgan oyboltaga tash-landi.
Yoshlik
2. 2. Biror yeridan tutib, ko‘tarib madad bermoq.
Kampir, aziz mehmonlarni o‘tqizgandan keyin, cholni suyab olib kirdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
[Soqi bobo] Uni qo‘l-tig‘idan suyab, otga mindirdi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Oyoqlari uvushgan boyni aravadan suyab tushirishda bukriga Toshtemir ko‘maklashdi.
H. G‘ulom, Feruza
3. ko‘chma hma Madad, yordam bermoq; qo‘llamoq.
Sen yo‘g‘ingda meni shular suyab yurishdi-da.
H. G‘ulom, Mash’al