1. 1. Suvga tashnalik, chanqashlik.
Ortiq, suvsizlik yurak-bag‘rini o‘r-tab, issiqqa chidamay, yulg‘un tagiga suriladi, boshini soyaga olib, qo‘llarini qumga tiqib, salqin izlaydi.
M. Mansurov, Yombi
Qip-qizil qumda piyoda yurib, ochlikda, suvsizlikda ovora bo‘lib, ikkoving ham o‘lasan.
Malikayi ayyor
2. 2. Suv tanqisligi, yetishmasligi.
Milliy matbuot markazida Orol dengizi hamda suvsizlik kabi asosiy masalalarni muhokama qilishdi.
Gazetadan