Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suvsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: suv-siz
Izoh(lar)i:
suvsiz sf

1. 1. Ichida suvi yo‘q. Suvsiz idish.

2. 2. Tarkibida suvi yo‘q. Suvsiz kislota.

3. 3. Suv bilan ta’min etilmagan, suv chiqarilmagan. Suvsiz yerda tol bo‘lmas. Maqol
Bular suvsiz cho‘ldan o‘tib, Borayotir yo‘llar tortib. Malikayi ayyor
Daydi shamol changli, dag‘al yaproqlarni, suvsiz ariq yoqalaridagi kir, sarg‘aygan ajriqlarni titkilab, mungli shovulladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

4. 4. Suvi, shirasi kam. Suvsiz behi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.