1. 1. Ichida suvi bor.
Suvli idish.
▬
Ortiq o‘rindiq tagidan suvli meshni tortib olib, ko‘rinarli yerga qo‘yarkan, bir chekkada garangsib turgan Zulxumorga piching qildi.
M. Mansurov, Yombi
Osmondagi oy bo‘lsam, Tiniq suvli soy bo‘lsam, Sevgan yorning ko‘ksinda Kecha-kunduz joy bo‘lsam.
Qo‘shiqlar
2. 2. Tarkibida suvi bo‘lgan.
Suvli eritma.
3. 3. Suvi, shirasi ko‘p, sersuv, sershira.
Suvli shaftoli. Suvli mevalar.
4. 4. Suv bilan ta’min etilgan, suv bor bo‘lgan.
Suvli yerlar.
▬
O‘tli, suvli yaylovimning yo‘li olis, O‘lan bo‘lsa, aytishaylik bizlar xolis.
Qo‘shiqlar