Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suv} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: suv-la-moq
Izoh(lar)i:
suv ot

1. 1. Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bug‘ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va ko‘pgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Qor suvi. Dengiz suvi. Oqar suv. Turg‘un suv. Zilol suvlar, eram kabi bog‘-u bo‘stonlar, Mening sovg‘am koshonalar, oltin tuproqlar. G‘ayratiy
Atmosferada suv bug‘, tuman, bulut, yomg‘ir, qor holatida bo‘ladi O‘zME

2. 2. Shunday suyuqlik ichimlik sifatida. Mineral suvlar. Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir. Fan va turmush
Organizmga yod oziq-ovqat va suv bilan kiradi. Fan va turmush

3. 3. Soy, ko‘l, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida. Suv bo‘yi. Suvning narigi beti. Suvning ko‘tarilishi.

4. 4. Tarmeva, sabzavot va shu kabilar tarkibidagi shira, sharbat, suyuqlik. Anor suvi. Sabzining suvi. Bog‘ingda ochilgan qizil gullaring, Uzumning suviday shirin tillaring. Qo‘shiqlar

5. 5. Tirik organizm va a’zolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira. Oshqozon suvi. [Yormat] Tumov orqasida burnidan to‘xtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Umuman, turli narsalar tarkibidagi namlik. Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo bo‘ldi. H. G‘ulom, Feruza

7. ko‘chma s. t. t. Maza-matrasi, shirasi yoki jiri yo‘q (meva yoki ovqat haqida). Qovun qip-qizil suv chiqdi. Bu sho‘rva emas, shildir suv.

8. 8. Kashtachilikda: to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi. Suvi oq, guli turli qiyiqcha.

9. esk. sk. O‘n tanobga teng yer o‘lchov birligi. Har o‘n tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. I. Jabborov, Ko‘hna xarobalar siri

10. 10. Turli birikmali nomlar tarkibida keladi. Suv kalamushi, suv echkilari, suv osti kemasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.