Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suv}
So‘z bo‘g‘inlari: suv
Izoh(lar)i:
suv ot

1. 1. Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bug‘ holida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va ko‘pgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Qor suvi. Dengiz suvi. Oqar suv. Turg‘un suv. Zilol suvlar, eram kabi bog‘-u bo‘stonlar, Mening sovg‘am koshonalar, oltin tuproqlar. G‘ayratiy
Atmosferada suv bug‘, tuman, bulut, yomg‘ir, qor holatida bo‘ladi O‘zME

2. 2. Shunday suyuqlik ichimlik sifatida. Mineral suvlar. Sadaqaning afzali chanqoq odamlarga suv ulashmoqdir. Fan va turmush
Organizmga yod oziq-ovqat va suv bilan kiradi. Fan va turmush

3. 3. Soy, ko‘l, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida. Suv bo‘yi. Suvning narigi beti. Suvning ko‘tarilishi.

4. 4. Tarmeva, sabzavot va shu kabilar tarkibidagi shira, sharbat, suyuqlik. Anor suvi. Sabzining suvi. Bog‘ingda ochilgan qizil gullaring, Uzumning suviday shirin tillaring. Qo‘shiqlar

5. 5. Tirik organizm va a’zolardan ajralib chiqadigan suyuqlik, shira. Oshqozon suvi. [Yormat] Tumov orqasida burnidan to‘xtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

6. 6. Umuman, turli narsalar tarkibidagi namlik. Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo bo‘ldi. H. G‘ulom, Feruza

7. ko‘chma s. t. t. Maza-matrasi, shirasi yoki jiri yo‘q (meva yoki ovqat haqida). Qovun qip-qizil suv chiqdi. Bu sho‘rva emas, shildir suv.

8. 8. Kashtachilikda: to‘g‘ri yoki to‘lqinsimon chiziq shaklidagi gul elementi. Suvi oq, guli turli qiyiqcha.

9. esk. sk. O‘n tanobga teng yer o‘lchov birligi. Har o‘n tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. I. Jabborov, Ko‘hna xarobalar siri

10. 10. Turli birikmali nomlar tarkibida keladi. Suv kalamushi, suv echkilari, suv osti kemasi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir qoshiq suv bilan yutib yuborguday: beqiyos go‘zal, nihoyatda dilrabo

2. dunyoni suv bossa, to‘pig‘iga chiqmaydi: o‘taketgan beg‘am, haddan tashqari beparvo

3. jigari suv bo‘lmoq: qiynalmoq, azob chekmoq.

4. qo‘lini sovuq suvga urmaydi: qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaydi

5. qo‘ltig‘iga suv purkadi: biror ishni qilishga o‘chakishtirdi

6. qo‘ltig‘iga suv purkamoq: birovga qarshi oyoqlantirmoq, gijgijlamoq.

7. sirkasi suv ko‘tarmaydi: tanqidga mutlaqo chidamaydi

8. suv quygandek: hech qanday tovush yo‘q

9. suv sepgandek: hech qanday tovushsiz

10. suvdan holva yasamoq: bo‘lmaydigan ishga urinmoq, bekorga urinmoq.

11. suvga oqizdi: befoyda sarfladi, diyarli tekinga berdi

12. tegirmoniga suv quymoq: Kimsaning biror ish-faoliyatiga (odatda, salbiy deb qaraluvchi ishiga) ko‘maklashmoq, unga kuch bermoq

13. tushingizni suvga ayting: Bekor aytibsiz, bo‘lmagan gap, aslo unday emas

1. Bug‘ – suv – muz
Ma’nosiga ko‘ra
(holatidagi yumshoq-qattiqligiga ko‘ra)

2. Chanqamoq – suvsamoq – cho‘llamoq – tashna bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

3. Ko‘lmak – hovuz – suv ombori – ko‘l – dengiz – okean
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.