Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sut}
So‘z bo‘g‘inlari: sut
Izoh(lar)i:
sut ot

1. 1. Odam (ayol) va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tug‘ilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oq rangdagi suyuqlik. Sut bezlari. Bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi. Maqol
Ko‘kragimda sutim deb, Yuragimda o‘tim deb, Enasi sho‘r yig‘laydi, Qaydasan, Ahmadim, deb. Oysuluv
Iskandar yelinning so‘rg‘ichdek uchlaridan tiz-tiz otilib chiqib, xurmaga oppoq ipdek pov-pov cho‘zilib tusha-yotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. 2. Sigir, qo‘y, echki va shu kabilar chorva mollarining emchagidan sog‘ib olingan shunday suyuqlik (ovqat va mahsulot sifatida). Sigir suti. Yog‘li sut. Sut sanoati. Sut mahsulotlari. Sutdan og‘zi kuygan qatiqni puflab ichar. Maqol
Kechagi chorshanba bozorda bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. Askiya
Oshqozonda hazm bo‘lib ketishi zarur bo‘lgan dorilarni sut bilan ichish mutlaqo mumkin emas. Fan va turmush

3. 3. Ba’zi o‘simliklarning tanasi, poyasi yoki hosilidagi oq suyuqlik. Semizo‘tning suti. Dumbul jo‘xorining suti, Bir kuni Fayzulla bilan suti qotgan dumbul o‘riklarni terib olib, juftmi-toq o‘ynab o‘tirsak, ko‘chada birov chaqirganday bo‘ldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sud – [f-t] Fuqarolar da’vosiga oid yo jinoiy ishlarni ko‘rib hukm chiqaruvchi davlat muassasasi; foyda, naf.
Qomus: mavjud emas.

1. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

2. og‘zidan sut hidi keladi: hali yosh, tajribasiz

3. ona suti og‘zida: hali yosh, tajribasiz

4. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

5. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

6. ona suti og‘ziga keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

1. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

2. Sut – qatiq – chakki
Ma’nosiga ko‘ra
(mahsulotning o‘zgarish holatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.