1. ayn. yn. Surkamoq.
Devorlarga bo‘yoq surtmoq. Yuz-qo‘liga sovun surtmoq.
▬
Payg‘amov labiga, chakkalariga bilinar-bilinmas atir surtdi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Ahmad brigadir bolasi olib kelgan piyozni belbog‘idagi pichoq bilan ikkiga bo‘lib, suvini bolaning barmog‘iga surtdi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Chol ikki qo‘lini yuziga surtdi.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Artmoq, artib-surtib tozalamoq.
Go‘ro‘g‘li qanday taom bo‘lmasin, yeb bo‘lgandan keyin, agar suv o‘rniga zahar ichsa ham, shu ro‘mol bilan og‘zini surtsa, yegan-ichgani badaniga moyday erib, singib ketar edi.
Gulshanbog‘