1. 1. Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element, kumushsimon oq, mo‘rt metall. Surma koni. Surma rudasi. ▬ Surmaning alyuminiy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. O‘zME
2. 2. Tarkibida shu element bo‘lgan qoramtir pardoz bo‘yog‘i (qosh, kipriklarni bo‘yash uchun ishlatiladi). Surma qo‘ymoq. Ko‘ziga surma tortmoq. O‘sma ketar — qosh qolar, Surma ketar — ko‘z qolar. Maqol Salomatning surma tortilgan ko‘zlari ola-kula bo‘lib ketdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay ko‘zi surma bosganday qora, bir qarashi bilanoq yuragimni taka-puka qilib tashladi. Hamza, Tanlangan asarlar
3. Suriladigan, surilma. Surma qopqoq. Stolning surma yashigi.
1. surma I Ot kumushsimon oq mo‘rtmetall; shu metallga ega pardoz bo‘yog‘i
2. surma II Sifat suriladigan, surilma {surma stol)