Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sur} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: su-ril-moq
Izoh(lar)i:
sur fl

1. 1. Itarib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirmoq; jildirmoq, siljitmoq. Oriq, ko‘zi ichiga tortib ketgan, iyaklari ingichka kelin ayvon taxmonidagi sandiqni nari-beri surar edi. Saodat

2. 2. Yurmoq (shaxmat va shashka o‘yinida). Piyodani surmoq. Filni surmoq.

3. 3. Biror tomonga yo‘naltirmoq, solmoq. Lashkar surmoq. Karvon surmoq. Ajab, bunda nechun yolg‘iz yuradi, Kim ekan u, kechasi ot suradi? Gulshanbog‘
G‘irotga men achchiq qamchi urayin, Yov ketindan shu kecha ot surayin. Gulshanbog‘

4. s. t. t. Surtmoq, surkamoq. [Nafisa] Ikki qo‘li yorilgan, hadeb glitserin surmoq ham foyda bermasdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma

5. 5. Otlar bilan qo‘shma fe’l yasaydi. Davr surmoq, kayf surmoq, xayol surmoq, hukm surmoq. U shildirab oqayotgan ariq ichidan baliqchalar izlab, xayol surayotgan Hafizaga boqib turardi. Mirmuhsin, Umid
Ularni kuzatib turgan ona, qizining eng o‘ynab-kuladigan, ayollik, onalik baxtini suradigan vaqti o‘qish bilan o‘tayotganiga achinar edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Bog‘da gulni tergin endi, Davr-u davron surgin endi. Gulnorpari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.