Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sur}
So‘z bo‘g‘inlari: sur
Izoh(lar)i:
sur fl

1. 1. Itarib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirmoq; jildirmoq, siljitmoq. Oriq, ko‘zi ichiga tortib ketgan, iyaklari ingichka kelin ayvon taxmonidagi sandiqni nari-beri surar edi. Saodat

2. 2. Yurmoq (shaxmat va shashka o‘yinida). Piyodani surmoq. Filni surmoq.

3. 3. Biror tomonga yo‘naltirmoq, solmoq. Lashkar surmoq. Karvon surmoq. Ajab, bunda nechun yolg‘iz yuradi, Kim ekan u, kechasi ot suradi? Gulshanbog‘
G‘irotga men achchiq qamchi urayin, Yov ketindan shu kecha ot surayin. Gulshanbog‘

4. s. t. t. Surtmoq, surkamoq. [Nafisa] Ikki qo‘li yorilgan, hadeb glitserin surmoq ham foyda bermasdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma

5. 5. Otlar bilan qo‘shma fe’l yasaydi. Davr surmoq, kayf surmoq, xayol surmoq, hukm surmoq. U shildirab oqayotgan ariq ichidan baliqchalar izlab, xayol surayotgan Hafizaga boqib turardi. Mirmuhsin, Umid
Ularni kuzatib turgan ona, qizining eng o‘ynab-kuladigan, ayollik, onalik baxtini suradigan vaqti o‘qish bilan o‘tayotganiga achinar edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Bog‘da gulni tergin endi, Davr-u davron surgin endi. Gulnorpari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sur I Ot
Qorako‘lning eng yaxshi navi

2. sur II Sifat
beti qattiq, haydasa ham ketmaydigan bezbet, bez

3. sur III Sifat
quritilgan, suvi qochgan; dudlangan, qoqlangan

4. sur IV Fe’l
siljitmoq

5. sur V Sifat
och kulrang, ko‘kimtir

6. sur VI Fe’l
biror moyli suyuq narsa bilan qoplamoq, ishqamoq

Paronimi: mavjud emas.

Suryoniy yozuvi Mesopotamiyada paydo bo‘lgan, VII-VIII asrda Markaziy Osiyoda nasroniy (xristian) mazhabi bilan kirib keldi. Bu yozuv XV asrgacha qo‘llandi.

Suryoniy yozuvi– undoshli finikiy-oromiy yozuvi. Finikiy yozuvi kabi 22 belgidan iborat ko‘pgina klassik yozuvlar singari (mas., arab) imlosi kabi o‘ngdan chapga qarab qo‘shib yoziladi. Suryoniy yozuviI asrdan boshlab adabiy oromiy lahjalardan bo‘lgan suryoniy tili uchun qo‘llana boshlagan. Bu yozuvning asosiy ko‘rinishlaridan biri estrangelo deb yuritiladi. 430- yilda Suriya cherkovining ikkiga bo‘linishi natijasida g‘arbiy suryoniy (yakovit yoki serto) va sharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlari. Nestorian yozuvi Markaziy Osiyo va Xitoyga ham tarqalgan.

Suryoniy yozuviga VII–VIII asrlardan unlilarni ifodalovchi satr ustu va satr osti belgilari kiritilgan. Tinish belgilar ham qo‘llangan. 1840- yilda nestorian asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shunigdek, Turkiyada yashaydigan ossuriylarda qo‘llana boshlagan.

1. o‘y surdi: hamma narsani unutgan holda fikrladi

2. umr surmoq: Umr o‘t-kazmoq, yashamoq (odatda, yaxshi, baxtli umr-ga nisbatan qo‘llanadi)

3. xayol surdi: hamma narsani unutgan holda o‘yladi

1. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

3. Shovqin – shovqin-suron – suron – shov-shuv – g‘ovur – g‘avg‘o – g‘ala-g‘ovir – qiy-chuv – dod-voy – ayyu-hannos
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

5. Xursandlik – sevinch – quvonch – shodlik – surur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.