1. 1. Kuch yoki zarb bilan uchli narsani boshqa biror narsaga kirgizmoq; sanchmoq, tiqmoq.
Nayza suqmoq. Igna suqmoq.
▬
Malik muallim yalt etib keliniga qaradi. Birov bigiz suqib olganday, ko‘kragining osti sanchib og‘ridi.
A. Ko‘chimov, Halqa
Nusratbek hozir bu silliq basharaga mushtlasa, igna suqsa, tepkilasa ham, qonamasa, qizarmasa kerak.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. 2. Biror narsa ichiga, orasiga joylamoq, tiqmoq.
Xanjarni qiniga suqmoq.
▬
Yo‘l-dosh egilib, boshini tizzasi orasiga suqdi. qo‘llari bilan quloqlarini berkitdi.
Yoshlik
Gavhar zimdan Tal’atga qaradi. U boshini baland ko‘tarib, qo‘llarini shimining cho‘ntagiga suqib borardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
U[Iskandar] bir qo‘li bilan qopchiqni ochib, bir qo‘lini xumchaga suqdi.
M. Mansurov, Yombi