1. 1. Supurgi bilan chang-to‘zon, axlat va shu kabilardan tozalamoq, axlat va shu kabilar narsalarni sidirib olmoq, to‘plamoq.
Uy supurmoq. Hovli supurmoq. Yangi supurgi toza supurar.
Maqol
O‘nlab farroshlar hafsala bilan yer supurgan, meshkobchilar etaklarini belbog‘ga qistirib, suv sepgan
S. Siyoyev, Avaz
2. ko‘chma hma Tag-tomiri bilan sidirib, oradan ko‘tarmoq, surmoq.
Yulg‘ichlarni oramizdan supurib tashlash kerak.
3. ko‘chma hma Yo‘q qilmoq, yo‘qotmoq, barham bermoq.
Gul bog‘larga yellar ko‘klam nafasini ufurdi. Yerdan qor-u moviy ko‘kdan bulutlarni supurdi.
E. Vohidov