1. din. in. Hadislarda targ‘ib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qo‘llanuvchi amal.
O‘g‘il bolani xatna qilish, uylanib oila qurish, farzandlarga yaxshi ism qo‘yish sunnat amallaridan sanaladi.
O‘zME
Ortiqcha mol-u dunyosidan xayr-u ehson qiladigan va sunnatga amal qilib, bid’atlarga o‘tib ketmagan kishilarga qanday yaxshi!
Fan va turmush
2. 2. Sunnat to‘yi O‘g‘il to‘yi, xatna to‘yi.
Qiz chiqaradigan, o‘g‘il uylantiradigan, sunnat to‘yi qiladigan xotinlar o‘z to‘ylarini O‘zbek oyim kengashidan tashqari jo‘nata olmas edilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. 3. Sunnat (erkaklar ismi).