Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sumalak}
So‘z bo‘g‘inlari: su-ma-lak
Izoh(lar)i:
sumalak ot

1. Qorning erib oqib, qayta muzlashi natijasida hosil bo‘lgan naysimon, cho‘zinchoq muz. O‘ng tomonda shohi pardadek osilib turgan yapaloq, lentasimon sumalaklar ham juda chiroyli edi. A. Ko‘chi-mov, Halqa
Yer, tomlar qor. Tarnovlarda sumalaklar osilgan. Izg‘irin yuzni yalaydi. S. Nurov, Narvon

2. Undirib yanchilgan bug‘doy, un va yog‘ aralashmasidan tayyorlanadigan, servitamin, xushxo‘r holvaytarsimon ovqat (odatda bahor kezlari ayollar o‘rtasida xalfana asosida pishiriladi). Bu kecha — gulgun kecha, O‘choqda o‘t tonggacha, Kim pishirsa sumalak, Yashasin — ey minggacha! A. Suyun, Olis tonglar
Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. Saodat
Binobarin, sumalak yilda bir martagina tayyorlash mumkin bo‘lgan noyob taomdir. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sumalak I Ot
undirilgan bug‘doyni tuyib, maxsus usul bilan uzoq pishirib tayyorlanadigan holvaytarsimon ovqat (har yili erta bahorda ko‘p xonadon xotinlari birgalikda tayyorlaydi. Navro‘z taomi

2. sumalak II Ot
qorning erishidan hosil bo‘lgan naysimon muz

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: sumalak
Izoh: Undirib yanchilgan bug‘doy, un va yog‘ aralashmasidan tayyorlangan, sevitamin, xushxo‘r holvaytarsimon ovqat (odatda, bahor kezlari ayollar o‘rtasida xalfana asosida pishiriladi. Misol: Doshqozonda qaynar sumalak, Onaxonlar tongni poylaydi. Manba: (“Saodat” jurnali)

sumalak