1. 1. Kimsadan yoki hech kimdan churq etgan tovush, sado chiqmay, jimlik hukm surgan holat; so‘zsizlik.
Sukut qilmoq. Sukut saqlamoq. Sukutga ketmoq (botmoq, cho‘mmoq). Sukut — alomati rizo.
Maqol
Ahmoqqa javob — sukut.
Maqol
Qizcha bolalarga xos qaysarlik bilan boshini egganicha jim turar, uning sukutida, butun xatti-harakatida nimagadir qarshi so‘zsiz isyon bor edi.
Yoshlik
Sukut saqlamoq ham-ma vaqt ham aqllilikdan darak beravermaydi, ammo bilganingni shaqillab gapira berish —o‘z obro‘yingni paqirlab to‘kish demak
Mirmuhsin, Umid
2. ayn. yn. Sukunat 1.
To‘rg‘aylar uxlashur yovshan tagida, Daryo bo‘ylarida — to‘qayda sukut.
Mirtemir, Asarlar
Dunyoda shunday qo‘shiq borki, yangraganda, olam bir daqiqa sukutga cho‘madi.
Saodat