Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {suhbat} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: suh-bat-lash-moq
Izoh(lar)i:
suhbat ot

1. 1. Ikki va undan ortiq kishi o‘rtasidagi o‘zaro so‘zlashuv; musohaba; gurung. Qizg‘in suhbat. Gangir-gungur suhbat. Xushchaqchaq suhbat. Suhbati shirin odam. Buloqning suvi tiniq, Dononing — suhbati. Maqol
Sanjar Tilla suhbat chog‘i ginaxonlik tarzida dedi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
Me’morning ikki qo‘li orqasida, oshnalarining suhbatiga quloq solib turgandek bo‘lardi-yu, ko‘zlari yuz qadamcha narida chodir qurayotgan shogirdlarida, o‘g‘il bola kiyimini kiyib olgan shaddod qizida edi. Mirmuhsin, Me’mor

2. 2. Biror mavzuda eshituvchilar bilan fikr almashinuv, savol-javob tariqasida o‘tkaziladigan mashg‘ulot; muloqot. Ekologiya haqida suhbat. Muftiy hazratlari, siz bilan axloq-odob haqidagi suhbatimiz ahli jamoaga foyda bo‘ladi. Gazetadan

3. ko‘chma kam qo‘ll. ll. O‘tirish, ulfatchilik. Tantiboyvachcha bazmini, suhbatini ko‘rgan ko‘p xotinlarni endi sekin-sekin unuta boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Adabsiz, bahrasizlar suhbatin hargiz havas qilma, To‘kilgay obro‘ying, behuda zavq-u safodan kech. Habibiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.