Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sug‘urta}
So‘z bo‘g‘inlari: su-g‘ur-ta
Izoh(lar)i:
sug‘urta ot

1. Tabiiy ofatlar, turli baxtsiz hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sug‘urta kompaniyasi. Sug‘urta polisi. Sug‘urta shartnomasi. Sug‘urta qoplamasi. — Hukumatimizga rahmat. Shartnoma bo‘yicha sug‘urta idorasidan pul oldim, — dedi shofyor yigit. N. Safarov, Olovli izlar
Odamlarni, uy-joylarni, mol-hollarni sug‘urta qilib yuribmiz. N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar
Pirimqul moliya — Mustafoning ukasi, Galatepada tomorqa solig‘i-yu sug‘urta pulini yig‘adi. M. M. Do‘st, Galatepa qissalari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.