Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sug‘ur} - il ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: su-g‘u-ril-moq
Izoh(lar)i:
sug‘ur fl

1. 1. O‘rnashgan joyidan kuch bilan tortib chiqarmoq. Ildiz sug‘urmoq. Ombur bilan mix sug‘urmoq. Tushida qora matoga o‘ralgan kishi uning [cholning] sog‘ qolgan yagona jag‘ tishini sug‘urib olayotgan emish. Yoshlik
Xolmatjon suvsizlikdan qorayib ketgan bir tup niholni sug‘urib olmoqchi edi S. Ahmad, Ufq
Qassob qiyma kabobni sixdan sug‘urib olib, sabzidek tish-lab yerdi. N. Aminov, Qahqaha

2. 2. Tiqilgan, botgan joyidan chiqarib olmoq. Mo‘ytanning keksa baliqchisi chorig‘ini loydan zo‘rg‘a sug‘urib, qora tutun ichiga kirib ketdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi

3. 3. Ko‘chma Biror yerdan, to‘dadan, muhitdan ajratib, uzib olib ketmoq. Popukday qizni issiq uyasidan sug‘urib, olib keldim. Oybek, Ulug‘ yo‘l

4. 4. Solib qo‘yilgan, joylangan yeridan chiqarmoq, chiqarib olmoq. — Bermayman degin, hali shunaqami? — aravakash qaltirab turgan qo‘llari bilan paypaslanib, yonidan pichog‘ini sug‘urdi. X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar
U qilichini g‘ilofidan sug‘urib, osmonda yarqiratdi. Mirmuhsin, Temur Malik

5. ko‘chma hma So‘rib, tortib olmoq; olib qo‘ymoq. Bezgakni hazil fahmlama. Kishi kuchini sug‘urib, shalpaytiradi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

6. 6. Chiqarib yubormoq, tarqatmoq, yozmoq. Uning badanidan ona tuproq intizorligi, jang-jadal suronlari hordig‘ini sug‘urib olayotganday bo‘ldi. Shuhrat, Shinelli yillar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.