1. 1. Ekin maydonlarini, o‘simliklarni suv bilan ta’minlamoq, suv qo‘ymoq.
Ekin sug‘ormoq. G‘o‘zalarni sug‘ormoq. Yig‘lab-yig‘lab marza olsang, kulib-kulib sug‘orasan.
Maqol
Eshikka yarim bo‘yra eni o‘sma ekkan bo‘lsalar, shuni ham obkashda suv tashib sug‘orishgan.
S. Ahmad, Ufq
2. 2. Suv bermoq, suv ichirmoq.
Qo‘ylarni sug‘ormoq. Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas.
Maqol
Toshtemir quduqdan bir necha marta suv chiqarib, otlarni sug‘ordi, oxurlarga beda soldi.
H. G‘ulom, Feruza
3. ko‘chma hma (bilan so‘zi ishtirokida) Singdirmoq.
Mehr, g‘amxo‘rlik bilan sug‘orilgan tarbiya, albatta, o‘z samarasini beradi.
Gazetadan
4. tex. ex. Toblamoq.
Po‘latni sug‘ormoq.