Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sudra} - l ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: sud-ral-moq
Izoh(lar)i:
sudra fl

1. 1. Yerdan uzmay, ko‘tarmay sirpantirib tortmoq, surgamoq. Xodalarni sudramoq. Etaklarini yerda sudrab yurmoq. Qish suvi qo‘yilgan katta paykal muzligida ikki qora ko‘rindi. Bu muz ustida bir-birini sudrab, sirg‘anchiq uchayotgan bolalar edi. N. Aminov, Qahqaha
Zargarov qumda etigini sudrab trassaning oxirrog‘iga yetganda, naq qulog‘ining tagida qattiq zang chalindi. A. Muxtor, Asarlar
[Iskandar] Yombini apil-tapil qopchiqqa joylab, narida yotgan kichkina zambilni sudrab keldi. M. Mansurov, Yombi

2. 2. Zo‘r bilan biror tomonga tortmoq, undamoq. Boshim qotib, rayondagi choyxonada choy ichib o‘tirsam, Matqovul paydo bo‘ldi. Meni uyiga sudrovdi, bormadim. H. Nazir, O‘tlar tutashganda
Dod-faryodimga quloq solmay, dadam qo‘limdan sudrab, uyga olib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. s. t. t. Amal-taqal qilib kiyib yurmoq. O‘zingiz bilasiz, to‘rt yildan beri bu yerda ishlayman, tinim yo‘q, ishdan boshim chiqmaydi. Lekin hali ham bir choponim ikki bo‘lmadi. Hali ham qish-yoz bitta choriqni sudrayman. Oybek, Tanlangan asarlar

4. ko‘chma hma Paysalga solib yoki sustkashlik qilib, orqaga cho‘zmoq, kechiktirmoq. Ishni sudramoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: imillamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.