Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {studiya}
So‘z bo‘g‘inlari: stu-di-ya
Izoh(lar)i:
studiya ot

1. 1. Rassom yoki haykaltarosh ishxonasi.

2. 2. Rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab.

3. 3. Ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlari amaliy-ijodiy ish bilan birgalikda olib boriladigan, aktyor, sozanda, rassom va shu kabilar tayyorlaydigan maktab. Balet studiyasi. Opera studiyasi. Moskvadagi o‘zbek teatr studiyasi o‘quvchilari jiddiy postanovkalar tayyorlagan edilar. H. Nosirova, Men o‘zbek qiziman

4. 4. Sahnaviy (yoki tasviriy) san’at asoslarini o‘rganadigan, asosan yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) ijodiy jamoasi. Bu orada yonimga zarvaraq to‘n kiygan ikki artist kelib o‘tirdi. Studiyaning taomiliga ko‘ra, men ham ularga parvo qilmay, o‘tiraverdim. H. Ahmar, Yakkama-yakka

5. 5. Badiiy va boshqalar filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik xodimlar jamoasi; shu jamoa ishlaydigan joy, kinostudiya. Hujjatli filmlar studiyasi. Filmlar Tosh-kent studiyasining o‘z ijodiy kuchlari bilan o‘z pavilonida olinib, o‘z fabrikasida tayyorlanadi. Gazetadan

6. s. t. t. Radio eshittirish va teleko‘rsatuvlar olib boriladigan maxsus bino; radiostudiya yoki telestudiya.

7. 7. Umuman, surat olish, ovoz yozish va shu kabilar maqsadlar uchun jihozlangan ish joyi. Toshkentda yaqinda gramplastinkalar uchun ovoz yozib oladigan studiya ochilgan edi. L. Po‘latov, Yangi studiyada

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.