Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {strelka}
So‘z bo‘g‘inlari: strel-ka
Izoh(lar)i:
strelka ot

1. 1. Turli o‘lchov va nazorat asboblarida: o‘z o‘qi atrofida aylanib, o‘lchanayotgan narsa miqdorini ko‘rsatuvchi ingichka uchli, kambar nayza. Soat strelkasi. Manometr strelkasi. Ochilning hislari harakatdagi po‘latlar orasiga tushib qolgan magnit strelkasiday titrab, u yoqadan bu yoqqa borib kelar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
[Haydovchi] Gazni shunday qattiq bosdiki, ko‘z ochib-yumguncha spidometr strelkasi “100“ dan o‘tib, 120 ga yaqinlashib qoldi. J. Abdullaxonov, Xonadon

2. 2. Shu shakldagi chiziq yoki belgi. Yo‘l ko‘rsatuvchi strelka, Xaritaning har xil joylariga rangdor qalamlar bilan belgilar, strelkalar, raqamlar qo‘yilgan edi. M. Muhamedov, Oderga

3. t. y. y. Temir yo‘llarda bir izni ikkinchi izga ulash, harakatdagi sostavni bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga o‘tkazish uchun xizmat qiladigan moslama. Tramvay strelkasi. Strelkani bir izdan ikkinchi izga o‘tkazmoq.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.