Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {stol}
So‘z bo‘g‘inlari: stol
Izoh(lar)i:
stol ot

1. 1. Dasturxon tuzash yoki ishlash uchun mo‘ljallangan, tirgak yoki oyoqlarga o‘rnatilgan keng gorizontal yog‘och baland kursi; mebel turi. To‘garak stol. Tortmali stol. Yozuv stoli. Ovqat stoli. Operatsiya stoli. [Abdulla Qahhor] Har kuni muayyan vaqtda yozuv stolida o‘tirishlari shart edi. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
Lobarxon katta uydagi stolga dasturxon tuzab choynakdagi choyni qaytarib turardi. Gazetadan
Juvon bir kosa xushbo‘y va xushta’m ovqatni stolga qo‘yib, sekin nari ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. ko‘chma s. t. t. Amal, lavozim. [Zargarov:] Nimadan man tortaman! Olsa, stolini oladi-da, artelimga borib, yana raisligimni qilaveraman. A. Qahhor, Og‘riq tishlar

3. 3. Maxsus ishlar bilan shug‘ullanuvchi muassasa yoki muassasadagi bir bo‘lim. Pasport stoli. Adres stoli.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.