1. 1. Turli xil yalpi miqdoriy ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish metodlarini ishlab chiqadigan, shu yo‘l bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonunlarini o‘rganadigan ijtimoiy fanlar tarmog‘i.
Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat bo‘lib, ijtimoiy hayotning xilma-xil hodisalarini o‘rganadi va tahlil etadi.
O‘zME
2. 2. Jamiyat hayotidagi hodisalar va jarayonlarga doir axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil va e’lon qilish bilan bog‘liq amaliy faoliyat sohasi.
Statistika amaliyoti bilan O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasi va uning viloyat, shahar, tuman boshqarma (bo‘lim)lari shug‘ullanadi.
O‘zME
3. 3. Ijtimoiy hayotning biror sohasini tavsiflovchi yakuniy ko‘rsatkichlar yig‘indisi.