1. ayn. yn. Zontik.
Shoyi soyabon. Soyabon tutmoq.
▬
Bo‘ronbek charm shapkali boshini soyabon tagiga yashirdi.
H. G‘ulom, Mash’al
Narigi xonada dars tayyorlab o‘tirgan nevarasiga, soyabon tutib, ko‘chadan tezda adasini chaqirib kelishni aytdi.
Mirmuhsin, Umid
2. s. t. t. Shlyapa, shapka va shu kabilarning soya beruvchi qismi.
Shapkaning soyaboni.
▬
Bejirimgina tilla gardishli ko‘zoynagi-yu ser-bar poxol soyaboni o‘ziga biram yarashgan Valentina horg‘in jilmaydi.
M. Mansurov, Yombi
Ro‘parasida shlyapaning keng soyaboni tagidan Xumorxonning ko‘zlari yonib turardi.
A. Muxtor, Tug‘ilish
3. 3. Umuman, quyosh nuridan yoki yomg‘irdan saqlovchi har qanday qurilma, pana.
Avtobus stansiyalariga soyabonlar qurilmoqda.
▬
Quyosh tikkaga kelib, ayovsiz qizdirayotgani uchun, har yer-har yerda soyabonlar tikilgan.
N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar
Shunday gashtli kunlardan birida praktikantlar, boshlarida soyabon, tepa ustida davra qurgancha, orqalarini oftobga toblab, karta o‘ynab o‘tirishar edi.
M. Mansurov, Yombi
4. ko‘chma hma Panoh, homiylik, xayrixohlik.
Tog‘lar boshi xiyobon. Bir xudoyim soyabon.
Nurali
Qon yig‘laysiz bu kun onam mehribon, Otam ekan hammamizga soyabon.
Zulfizar bilan Avazxon