Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soy}
So‘z bo‘g‘inlari: soy
Izoh(lar)i:
soy ot

1. 1. Ikki adir yoki tog‘ oralig‘idagi, ko‘pincha oqar suvlar harakati va boshqalar natijasida hosil bo‘lgan pastlik joy, suv yo‘li, vodiy. Boy boyga boqar, suv soyga oqar. Maqol
Hozir ko‘klam kunlari: qirlar, soylar ko‘k-qizil pushti, go‘los va tag‘in allaqancha rangli chechaklar bilan ustlarini bejab, oshiqlarga yangi hayot, yangi umid berdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. 2. Shunday vodiyda, pastlikda doimiy yoki mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, irmoq. Soy suvi. Soyda cho‘milmoq. Soydan kechib o‘tmoq. Choy to‘kilib, soy bo‘lmas, yulduz yig‘ilib, oy bo‘lmas. Maqol
U bomdodni ado etgach, xarsang toshlar oralab sharqirab oqayotgan soy bo‘yiga tushib, tabiatning mislsiz jamolini tomosha qildi. Mirmuhsin, Me’mor

3. maxs. xs. Miltiq stvoli ichidagi burama ariqcha.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. soyasiga ko‘rpacha soldi: izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubordi

1. Dangasa – yalqov – ishyoqmas – tanbal – soyaparvar
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

2. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.