1. 1. Qalbakilik, yuzakilik, yasama ekanlik.
Hujjatning soxtaligi.
▬
faqat aroq ichmagan Otamurodgina bu yaqinlikning soxtaligi-yu bu mehribonchiliklarning shunchaki, yo‘liga ekanini sezib, ich-ichidan g‘ijinib o‘tirar, nimagadir uning ko‘ngli g‘ash edi.
M. Mansurov, Yombi
2. 2. Soxta ish, xatti-harakat; qalloblik.
Goho axloq tabiatiga begona qiliqlar ham uchrab qoladi. Bularni soxtalik yo riyokorlik deb atash mumkin.
M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi