Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soxta}
So‘z bo‘g‘inlari: sox-ta
Izoh(lar)i:
soxta sf

1. 1. Qalbakilik maqsadida asliga o‘xshatib ishlangan, yasalgan; yasama, qalbaki. Soxta pul. Soxta imzo. Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Demak, Siddiq Sharipov — otangizning soxta ismi-sharifi. Sharq yulduzi
U bu ishga puxta o‘ylab kirishgan. Uning soxta hujjatlari shundan dalolat berib turibdi. Yoshlik

2. 2. Yetarli asosga ega bo‘lmagan, asossiz, puch. Soxta da’vo. Soxta nazariya. [Fotima:] Bo‘lmagan soxta dalillar bilan gapiruvchi ifloslarning so‘ziga kirib, bu xilda qilish yaxshi emas. Hamza, Tuhmatchilar jazosi

3. 3. Yolg‘ondakam, tagi puch, yuzaki. Soxta obro‘.

4. 4. Samimiyatsizlik bilan shunchaki qilingan, nosamimiy, yuzaki, yasama. Soxta kulgi. Soxta muloyimlik. — E, sizmidingiz, Shoqosim aka, tanimay qolganim uchun kechirasiz, — dedi [Hafiza] jindek soxta jilmayib. Mirmuhsin, Umid
Appon choluning soxta, zo‘raki takallufidan g‘azablandi. Yoshlik
Mehmonlar orasida Marhabo, talantlar! televizion konkursining ikki qatnashchisi ham bo‘lib, ular soxta kamtarlikdanmi yoki tortinchoqlikdanmi, bir chekkada qimtinibgina o‘tirishardi. N. Aminov, Qahqaha

Antonim(lar)i: chin
Sinonim(lar)i: qalbaki [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.