Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sovur} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so-vur-moq
Izoh(lar)i:
sovur fl

1. q. x. x. Shamolda shopirib tozalamoq, shopirmoq. O‘t ishi — qovurmoq, Yel ishi — sovurmoq. Maqol
[Bobodehqon] Kun qizib turgan paytlarda, boshidan oftob o‘tishiga qaramay, yanchiq yanchibdi. Kechki shamolda bug‘doy sovuribdi. S. Anorboyev, Bobodehqon so‘zi

2. ko‘chma hma Behudaga ketkizmoq, behuda sarf, xarajat qilmoq. Pulni sovurmoq. Men uchun ham, o‘zi uchun ham pulni ayamay sovurar va hech qachon mening moyanam bilan qiziqmasdi. Yoshlik

3. 3. Mahv etmoq, yo‘q qilmoq, behudaga chiqarmoq. Tilaklarimni sovurganing yetmay, tilaklarimni yiqqaning nimasi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Shoirning yuragida haqiqat dushmanlariga qarshi, hammadan sevgani — hayot gulini sovurmoqchi bo‘lgan yovuz kuchlarga qarshi g‘azab yonar edi. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. havoga sovurmoq: bekorga, foydasiz ketkazmoq, sarflamoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.