Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sovuqqonlik}
So‘z bo‘g‘inlari: so-vuq-qon-lik
Izoh(lar)i:
sovuqqonlik ot

1. 1. Og‘ir, vazmin bo‘lish xususiyati. O‘zini sovuqqonlikka solmoq. Albatta, el foydasidan ko‘ra o‘z manfaatini oldinga suruvchi bu cho‘talchi beklarga qarshi hojining sovuqqonlik saqlay olishi va asabiylashmasligi mumkin emas edi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
So‘z Gulshan bilan uchrashish va undan olingan javobga yetganda, Anvarning tusi o‘zgarib, kiprik ostlari uchib ketdi. Ammo kutilmagan ravishda yana sovuqqonlik saqladi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Mansabdor shaxsning, umuman, biror kimsaning o‘z vazifalariga e’tiborsizligi, beparvoligi; mas’uliyatsizlik. O‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaramoq. Keyingi payt-da ba’zi tibbiyot xodimlarining o‘z ishlariga sovuqqonlik va tamagirlik bilan munosabatda bo‘layotganliklari aniqlandi. Saodat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.