1. 1. Issig‘i, harorati pasayib, sovuq xolga kelmoq, birmuncha sovuq bo‘lmoq.
Suv sovidi. Havo sovidi.
▬
Yodgorning nazarida, uy yanayam sovib ketgandek ko‘rindi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Otaqo‘zi birdan qaynab toshdi-yu, sovib qolgan bir piyola choyni bir ko‘tarishda bo‘shatdi.
O. Yoqubov, Diyonat
2. 2. Badanidan hovuri ko‘tarilib, harorati normallashmoq.
Ot sovidi.
▬
Chuv deb otga qamchini, Chinor berib boradi. Sovidimi jonivor, O‘zin otib boradi.
Oysuluv
3. ko‘chma hma Hovurdan tushmoq, pasaymoq.
Tez qaynagan tez sovir, deydilar.
S. Siyoyev, Avaz
Mamashaning qiliqlaridan xafa bo‘lmaysiz-da, qo‘shni. Keyin sovib qoladilar.
Mushtum
4. 4. Jo‘shqinligini, xurujini, avjini, qizig‘ini yo‘qotmoq, susaymoq, so‘nmoq.
Bozor sovidi. Bazm sovib qoldi.
▬
Olchinbek uning [Hamzaning] bu taklifini na rad etdi, na quvvatladi. Shu bilan suhbat sovib qoldi.
K. Yashin, Hamza
5. ko‘chma hma Ko‘ngli qolib, mehr-muhabbatini, maylini, ixlosini yo‘qotmoq.
Ishdan sovimoq.
▬
Darslardan sovidim, hech kim bilan ishim yo‘q.
A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
[Avaz:] Og‘a, o‘n kuncha bo‘ldi, qo‘limga qalam olmadim. Nazmdan tamom sovidim.
S. Siyoyev, Avaz