Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sovchi}
So‘z bo‘g‘inlari: sov-chi
Izoh(lar)i:
sovchi ot

1. etn. Uylanuvchi yigit tomonidan biror xonadonning voyaga yetgan qizini ko‘rish va uni kelin qilib berishga qiz tomon roziligini so‘rash uchun vakil qilingan kishi. Yaxshi otga qamchi kerakmas, Yaxshi qizga — sovchi. Maqol
Qish ichi ham keti uzilmagan sovchilar bir-ikki haftadan beri kelishdan to‘xtaganlar. Cho‘lpon, Kecha va kunduz
Qo‘shni mahallalik Oriyat buvining unikiga sovchi qo‘yishi Salomat xolaning yetti uxlab tushiga kirmagan edi. Saodat
Ahmad negadir parishonroq bo‘lib yurgan kunlarning birida katta qiziga sovchi keldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: sovchi
Izoh: Uylanuvchi yigit tomonidan qiz ko‘rish va qiz tomon roziligini so‘rash uchun vakil qilingan kishi. Misol: Mulla Abdurahmon xotinlar so‘ziga ishonmay, Solih maxdumning o‘z oldiga mahalladan bir-ikkita keksani sovchi qilib yubordi. Manba: (A.Qodiriy, Mehrobdan chayon)