1. 1. Davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxslarning daromadi yoki mol-mulkidan undiriladigan va byudjetga o‘tkaziladigan majburiy to‘lov.
Mahalliy soliq. Daromad solig‘i. Soliq yig‘moq. Soliq to‘lamoq.
▬
Uning [Musulmonqulning] o‘z kayficha oyda emas, haftada solib turgan soliqlari fuqarolarning terisini shilsa ostirib, kestirib turishi xosni ham esankiratdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Soliq imtiyozlari berishning xilma-xil shakllari jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qo‘llanadi.
O‘zME
2. 2. Biror xarajatni qoplash, biror ma’raka-marosimni o‘tkazishga yordam berish maqsadida o‘zaro kelishib, ko‘pchilikka (aso-san qarindoshlar va yaqin kishilarga) sochilgan, taqsimlangan to‘lov, yig‘im.
3. etn. tn. Oliq-soliqdagi bitimga muvofiq, kuyov tomondan kelin tomonga berilishi lozim bo‘lgan pul va narsalar.
4. Quyi solingan, osilgan, solig‘liq.
Uning [Dadamat akaning] qovog‘i soliq, ko‘rinishidan jahldor odamga o‘xshardi.
F. Musajonov, Himmat
Rangi quv o‘chib, behush kabi qotgan Ahmad Husayn boshi quyi soliq edi.
Oybek, Nur qidirib