1. 1. Jimlik, jimjitlik, sukunat.
Tun sokinligini onda-sonda itlarning hurib qo‘yishlari buzardi, xolos.
Yoshlik
Qishloq uzra sokinlik indi, Tun chodirin sekin tashlaydi.
Sharq yulduzi
2. 2. Bosiqlik, xotirjamlik.
Mutribning turish-turmushidagi xokisorlikmi, halimlik yo sokinlikmi, nimadir Avazga tez va kuchli ta’sir qiladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
[Professorning] Qoramag‘iz chehrasida allanechuk xotirjamlikmi, sokinlikmi, shunga o‘xshash ifoda ko‘rinib turar edi.
O‘. Hoshimov, Nur borki, soya, bor