1. Sog‘-salomat bo‘lishlik, salomatlik, sog‘lomlik.
Sog‘ligim — boyligim.
Maqol
Tani sog‘lik — tuman boylik.
Maqol
Teng miqdorda sabzi, qizilcha, bodring sharbatlaridan kokteyl qilinib, ovqatdan oldin ichilsa, sog‘lik va kayfiyat yaxshi bo‘ladi.
Fan va turmush
Sog‘liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo‘lib, keyin ovqat va undan so‘ng uyqu tadbiridir.
Saodat