Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soddalik}
So‘z bo‘g‘inlari: sod-da-lik
Izoh(lar)i:
soddalik ot

1. 1. Ishonuvchanlik, har bir narsani to‘g‘ri qabul qilishlik. Soddalik qurib ketsin, Xolmatov, deganlarida ham xayolimga hech narsa kelmabdi. O. Yoqubov, Izlayman

2. 2. Go‘l yoki soddadil kishilarga xos ish, xatti-harakat. Soddalik qilmoq. Temir-jon soddalik qilib, G‘oyibjonning gapiga chippa-chin ishonardi. J. Abdullaxonov, Oriyat
— Otini so‘ramadingizmi? — Uni qarang-a, bu ham soddalik-da, so‘ramabman. Oydin, Suhbati jonon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.