1. 1. Quvlik-shumlikni bilmaslik; sofdillik; go‘llik, laqmalik.
Sho‘xlik va quvnoqlik, samimiylik va soddadillik bolalarga xos xususiyatlardir.
Gazetadan
Soddadillik qilib, firib yedi-yu, qahramonlik qilib, o‘zini oqladi.
N. Safarov, Jangchi shoir
2. 2. Soddadil kishilarga xos ish, xatti-harakat.
Haydarning soddadillik bilan hech narsani yashirmay ochiq aytishi, hatto amakisining chizgan chizig‘idan chiqmasligini tan olaverishi uning oqko‘ngil odamligini bildiradi.
E. Usmonov, Yolqin