Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {soch}
So‘z bo‘g‘inlari: soch
Izoh(lar)i:
soch fl

1. ayn. yn. Sepmoq 1, 2. Urug‘ sochmoq. Yo‘llarga qum sochmoq. Hovliga suv sochmoq. Arpa sochsang, arpa o‘rasan. Maqol
Ter to‘kib sochsang urug‘, Yer seni qo‘ymas quruq. Maqol

2. 2. Har yon-har yonga tarqatib tashlamoq, parishon qilmoq. Boshidan gul sochmoq. Ulardan sal tepada, barxan ustida yirtilib, tagi ko‘chib ketgan bir poy botinka, undan narida og‘zi ochiq, bo‘m-bo‘sh ryukzak yotar, uning ichidagi narsalar atrofga sochib tashlangan edi. M. Mansurov, Yombi

3. ko‘chma hma Tarqatib yubormoq, qochirmoq. Normat, uning xayolini sochib yubormaslik uchun, o‘z o‘rniga cho‘zildi-da, ancha vaqt o‘y surib, nihoyat uxlab qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat

4. 4. Tarqatmoq, yoymoq. Uzunchoq omborning to‘rida yigirma beshinchi lampochka xira nur sochadi. N. Aminov, Qahqaha
Yoz Iyun quyoshi ko‘kdan zarrin nur sochadi. Saodat

5. 5. Taramoq, yoymoq, to‘kmoq. Xilma-xil gullar xushbo‘y hid sochib, bo‘stonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib yotar ekan. Chalpak yoqqan kun

6. 6. Biror o‘lchovda, me’yorda taqsimlab tarqatmoq, solmoq. Xarajatni hammaga baravar sochmoq. Qarorim shundan iboratdirkim, ertadan boshlab yurtga o‘ttiz ikki tangadan soliq sochasiz! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. soch I Ot
boshda o‘sadigan tuk tolalari

2. soch II Fe’l
tarqatmoq

3. soch III Ot
chumchuqsimonlar oilasiga mansub kichkina sayroqi qush

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. adovat urug‘ini sochmoq: ig‘vo tarqatmoq, gijgijlamoq, bir-biriga tezlamoq.

2. sochi tikka bo‘ldi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi

3. tepa sochi tikka bo‘lib ketdi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi

4. zahrini sochmoq: zug‘um qildi, g‘azab bilan achitib-achitib gapirdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.