1. 1. Sutkaning yigirma to‘rtdan bir ulushiga teng vaqt va shu muddatni ko‘rsatuvchi vaqt o‘lchovi.
Bir soat — oltmish minut. Oradan uch soat o‘tdi.
▬
Otabek Marg‘ilonga har nimadir bir soat ilgariroq yetish uchun oshiqar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ellik qadamcha yo‘lni, nazarimda, bir soatda bosganday bo‘ldim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Tush paytidan yoki yarim kechadan bosh-lab shu o‘lchovda hisoblanadigan vaqt oralig‘i; payt.
Qutidor, odatiga qarshi, bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldi-da, Otabekni so‘radi
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Majlis roppa-rosa soat birda boshlandi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
[Hasanali] Uxlamay kutib o‘tirdi. Ammo [Otabek] tungi soat o‘n bir bo‘lsa ham kelmas, o‘n ikkida ham daraksiz edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Solih ish vaqti tugashiga ikki soat qolganda narsalarini yig‘ishtirdi.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
3. 3. Vaqtni sutka davomida shu o‘lchovda o‘lchaydigan asbob.
Oltin soat. Cho‘ntak soat. Devor(iy) soat.
▬
Charm kamzulli yigit yon cho‘ntagidan zanjirli soatini oldi, qopqog‘ini qirs etkizib ochdi. S.
Siyoyev, Yorug‘lik
Vrach Mamlakatning tomir urishini soatiga qarab o‘lchadi. O‘.
Usmonov, Sirli sohil
4. 4. O‘quv mashg‘uloti uchun belgilangan 40 minutli yoki 45 minutli vaqt, dars.
O‘zbek tili uchun haftada to‘rt soat ajratilgan.
▬
Bir o‘quvchining bir soat dars qoldirishi ham uning bilimiga ta’sir qiladi.
Gazetadan
5. 5. Umuman, vaqt, fursat, payt, on.
Tole soatini kutmoqdan o‘zga ilojimiz yo‘q [dedi podshoh Navoiyga].
Oybek, Navoiy
Bu kungi kech Otabek bilan Homidning qaysi birlarining so‘ng soatlari yetganligi shu qorong‘i tun kabi qorong‘i edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Me’mor bo‘lsa ikki shogirdning sap quyushqondan chiqib, taltayishayotganidan ensasi qotib kelardi: koni shundoq yaxshi soatlarda uning yonida o‘g‘li Nizomiddin ham bo‘lsa!
Mirmuhsin, Me’mor
6. 6. Ma’lum maqsad uchun belgilangan, xos vaqt.
Qabul soatlari. Ish soati.
▬
O‘rdaga aloqasi bo‘lmagan kishilar bog‘ga kirolmaslar, faqat haftada bir kun ko‘ngil ochish soatlarida, ba’zi mustasno zotlar uchun bog‘ning yo‘li ochiq bo‘lar edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
7. 7. Soat (erkaklar ismi).