Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘z} - lash ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so‘z-lash-moq
Izoh(lar)i:
so‘z

1. O‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng muhim til birligi; gapning qurilish materiali. Tub so‘z. Yasama so‘z. Qo‘shma so‘z. So‘z birikmasi. So‘z tarkibi. So‘z yasalishi. So‘zning tovush va ma’no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig‘indisi so‘z bo‘lavermaydi. O‘zME

2. Biror ma’no turiga, uslubga oid shunday birlik (tilda, nutqda ifoda vositasi sifatida). Dag‘al so‘z. Beadab so‘z. So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor. Maqol S. Ahmad, Ufq
ne-ne oshiqlarni rad qilgan bu go‘zal juvon bir bo‘z bolaning ikki og‘izgina shirin so‘ziga zor bo‘lib, qorong‘ilik qa’riga umidsiz tikilib turardi. A. Qahhor, Ming bir jon

3. So‘zlashuvda, gapda, nutqda shunday vositalardan foydalanish qobiliyati, san’ati.

4. Maqol; matal; ibora. Qochirim so‘zlar. Hikmatli so‘zlar Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Gap, gap-so‘z, nutq. Samimiy so‘zlar. Notiqning so‘zlari. So‘z so‘ramoq. Ma’ruzachiga so‘z bermoq. So‘z aytmoq. So‘z boshlamoq. So‘zga chiqmoq. So‘zga tushmoq. So‘zini bo‘lmoq. So‘zni qisqa qilmoq. So‘zini og‘zidan olmoq. Direktor bilan oldindan kelishib olingan bo‘lsa kerak, birinchi bo‘lib Baqaloq so‘zga chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. So‘z boshladi chol titrab, Halqumiga kelib jon. S. Ahmad, Ufq

6. Mish-mish gap, ovoza; ig‘vo. El bor yerda so‘z bor. Oybek, Tanlangan asarlar

7. O‘git, pand-nasihat, ta’lim-tarbiya, iltimos yoki buyruq mazmunidagi gap. Onaning so‘zini quloqqa olmoq. Kattalarning so‘ziga kirmoq. So‘zini ikki qilmaslik. Yomonning bo‘zini olguncha, Yaxshining so‘zini ol. Maqol

8. Va’da, lafz; azm-qaror. So‘zida turmoq. Yigit so‘zi bir bo‘lur. Maqol
Tursang so‘zing-da — hurmat yuzingda. Malikayi ayyor
[Avazxon:] Ey ota, padari buzrukvor, so‘zdan qaytish nomardning ishi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Mansur endi Gavhar so‘zidan qaytmasligini tushunib to‘xtadi. S. Ahmad, Yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alfoz [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.