Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘z}
So‘z bo‘g‘inlari: so‘z
Izoh(lar)i:
so‘z

1. O‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, shuningdek, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan eng muhim til birligi; gapning qurilish materiali. Tub so‘z. Yasama so‘z. Qo‘shma so‘z. So‘z birikmasi. So‘z tarkibi. So‘z yasalishi. So‘zning tovush va ma’no tomoni bor. Lekin har qanday tovush yig‘indisi so‘z bo‘lavermaydi. O‘zME

2. Biror ma’no turiga, uslubga oid shunday birlik (tilda, nutqda ifoda vositasi sifatida). Dag‘al so‘z. Beadab so‘z. So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor. Maqol S. Ahmad, Ufq
ne-ne oshiqlarni rad qilgan bu go‘zal juvon bir bo‘z bolaning ikki og‘izgina shirin so‘ziga zor bo‘lib, qorong‘ilik qa’riga umidsiz tikilib turardi. A. Qahhor, Ming bir jon

3. So‘zlashuvda, gapda, nutqda shunday vositalardan foydalanish qobiliyati, san’ati.

4. Maqol; matal; ibora. Qochirim so‘zlar. Hikmatli so‘zlar Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

5. Gap, gap-so‘z, nutq. Samimiy so‘zlar. Notiqning so‘zlari. So‘z so‘ramoq. Ma’ruzachiga so‘z bermoq. So‘z aytmoq. So‘z boshlamoq. So‘zga chiqmoq. So‘zga tushmoq. So‘zini bo‘lmoq. So‘zni qisqa qilmoq. So‘zini og‘zidan olmoq. Direktor bilan oldindan kelishib olingan bo‘lsa kerak, birinchi bo‘lib Baqaloq so‘zga chiqdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. So‘z boshladi chol titrab, Halqumiga kelib jon. S. Ahmad, Ufq

6. Mish-mish gap, ovoza; ig‘vo. El bor yerda so‘z bor. Oybek, Tanlangan asarlar

7. O‘git, pand-nasihat, ta’lim-tarbiya, iltimos yoki buyruq mazmunidagi gap. Onaning so‘zini quloqqa olmoq. Kattalarning so‘ziga kirmoq. So‘zini ikki qilmaslik. Yomonning bo‘zini olguncha, Yaxshining so‘zini ol. Maqol

8. Va’da, lafz; azm-qaror. So‘zida turmoq. Yigit so‘zi bir bo‘lur. Maqol
Tursang so‘zing-da — hurmat yuzingda. Malikayi ayyor
[Avazxon:] Ey ota, padari buzrukvor, so‘zdan qaytish nomardning ishi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Mansur endi Gavhar so‘zidan qaytmasligini tushunib to‘xtadi. S. Ahmad, Yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: alfoz [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Arxaik so‘z – o‘z o‘rnini boshqasiga bo‘shatib bergan so‘z. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida ayrim narsa-hodisa boshqa leksema bilan atalib, avvalgisi iste’moldan chiqib ketadi: ulus (xalq), afandi (o‘qituvchi), lang (cho‘loq), tilmoch (tarjimon).

Bundan tashqari, arxaik qo‘shimcha (-g‘a (-ga), -g‘an (-gan), -g‘i (-gi), -ur (-ar) -g‘ay (-gay, -sin)), arxaik ibora (jismini dol aylamoq – qaddini bukmoq, fotiha olmoq – javob so‘ramoq, yoqasini chok etmoq – faryod solmoq) ham mavjud. Arxaik so‘zni tarixiy so‘z bilan chalkashtirmaslik kerak. (q. Tarixiy so‘z).

Tarixiy va arxaik birlikning muhim belgisi:

1) arxaik so‘z hozir mavjud narsaning, tarixiy so‘z – o‘tmish narsa-hodisasi atamasi;

2) arxaizmning hozirgi tilda sinonimi mavjud, tarixiy so‘zning sinonimi yo‘q;

3) tarixiy so‘z yakka nom, arxaik so‘z birdan ortiq nomning biri.

Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zning talaffuzida o‘ziga xos me’yorlar bor. Ular quyidagilar: 1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan. 2. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf > ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor > tiraktir kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi: aql > aqil, fikr > fikir, ilm > ilim, hukm > hukum kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi. 3. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir, rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo:rip, so:dat, mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o‘zbek tiliga aynan singdirish an’anasining ustun bo‘lganligi o‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko‘tardi. 4. Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo‘tabar kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar cho‘ziqroq talaffuz etiladi. 5. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi o‘zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. tish (o‘zb.) – tip > ti:p (rus.), til (o‘zb.) – tir > ti:r (rus.) kabi. 6. Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi o‘zbekcha «e»dan ancha tor («i»ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon., televizor > tilivizir, adres > adris kabi. 7. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha «a»dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi: kana (o‘zb.) – kanal (rus) kabi. 8. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘»dan kengroq talaffuz etiladi: ton (rus.) – to‘n (o‘zb.), tok (rus.) – to‘q (o‘zb.), tort (rus.) – to‘rt (o‘zb.) kabi. 9. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning boshida bir «o‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro‘za>o‘raza, rus>o‘ris, ro‘mol>o‘ramol kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol shakllari saralangan. 10. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi: aktiv > aktif, passiv > passif, ustav > ustaf, kursiv > kursif kabi; «v»ning jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi: avtomat > aftomat, stavka > stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab «v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga o‘tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi). 11. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, bu hol o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlas, trolleybus, tramvay kabi. 12. O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo‘lish adabiy talaffuz me’yoriga amal qilish imkonini beradi.

 

  O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini faol so‘z tashkil etadi. Bunday so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishilar qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.        Faol soz barcha so‘z turkumida mavjud. Masalan: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq va hokazo; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal; 4)son: bir, o‘n, yuz, ming; 5) ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari; 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) so‘z-gap: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari;9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto. Faol so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Shu bilan birgalikda, ular orasida o‘zlashmalari ham ko‘p.

Son boshqa so‘zdan farqli ravishda maxsus hisob so‘zi bilan qo‘llanadi. Hisob so‘zi manbalarda sanoq so‘z, numerativ degan atama bilan ham yuritiladi. Hisob so‘zi asli ot turkumiga mansub, miqdorni emas, sanalayotgan narsaning qaysi guruhga mansub ekanligini bildiradi: hovuch, dona, nusxa, bog‘, siqim. Gapda son hisob so‘zi bilan bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi.

Hisob  so‘zining qo‘llanish davriga ko‘ra turi:

1)  eskirgan hisob so‘zi: gaz (bir gaz chit), jon, vaqt (besh vaqt namoz), mahal (uch mahal ovqat), paysa, pud (o‘n pud bug‘doy), sarjin, so‘lkavoy, tanob, tosh (to‘rt tosh yo‘l), enlik (ikki enlik xat), yumaloq (uch yumaloq choy), qadoq;

2)  zamonaviy hisob so‘zi: gradus, kilovattsoat, kubometr, metr (santimetr, millimetr), mehnat kuni, minut, par, sotix, sentner;

3)  yangi hisob so‘zi: bayt, megabayt, gegabayt, dyum.

Hisob  so‘zining qanday hisoblashiga ko‘ra turi:

1)  yakkalab hisoblash uchun: bosh, dona, nafar, nusxa, tup;

2)  juftlab hisoblash uchun: juft, par(a);

3)  to‘dalab hisoblash uchun: bog‘/bog‘lam, gala, guruh, dasta, to‘da, to‘p, shoda, quchoq, hovuch;

4)  bo‘laklab hisoblash uchun: burda, varaq (bet, sahifa), luqma, og‘iz (bir og‘iz gap), parcha, poy, siqim, tilim (karch), tomchi (qatra), to‘g‘ram, chaqmoq, chimdim, shingil, qultum;

Hisob so‘zining nimani hisoblashiga ko‘ra turi:

1)  og‘irlik: gramm, kilogramm, litr, pud, tonna, sentner, misqol, qadoq, botmon (aniq o‘lchovni bildiradi); kosa, piyola, choynak, qop (xalta), qoshiq, quti (taxminiy o‘lchovni bildiradi);

2)  uzunlik: qadam, qarich, quloch;

3)  yosh: yashar, yoshdagi, yoshli;

4)  vaqt: asr, yil, kun, kechakunduz, oy, hafta, daqiqa, soat, soniya;

5)  qiymat: so‘m, tiyin, miri, paqir, dinor, yevro, dollar;

6)  ishharakat: marta/martaba/marotaba, karra, qatla, sidra (bular tartib son bilan ham qo‘llanadi: bir marta – birinchi marta kabi).

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

Modal so‘z – so‘zlovchining bildirgan fikriga qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar guruhi.

Umumiy grammatik belgilari.Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi: turlanmaydi, tuslanmaydi. So‘z yasalishi, shakl yasalishi uchun asos bo‘lmaydi. Ma’noli qismga ajralmaydi. Gapda boshqa bo‘laklar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.

Modal so‘zning 2 turi ajratiladi:

1.  Sof modal so‘z: albatta, chamasi, aftidan, tabiiy, mazmuni, ehtimol;

  1. Modal ma’noli mustaqil (vazifadosh) so‘z: bor, yo‘q, kerak, darkor, zarur, lozim, mumkin, iborat.

Modal so‘zlar, aslida boshqa turkumdan o‘sib chiqib, alohida bir guruhni hosil qilgan: 1) otdan: ehtimol, chog‘i, chamasi, mayli, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqe, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom; 2) sifatdan o‘sib chiqqan: shubhasiz, shekilli, rost/rosti, to‘g‘ri/to‘g‘risi/ to‘g‘rirog‘i, so‘zsiz, tabiiy/tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig‘i; 3) ravishdan: albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umuman; 4) bog‘lovchidan: balki; 5) olmoshdan: o‘zo‘zidan, har qalay; 6) fe’ldan: kel/keling, qo‘y/qo‘ying/qo‘yingki, hoynahoy, demak, deylik, olaylik; 7) sintaktik birlikdan: har holda, haytovur, ishqilib, bari bir, nafsilambiriga.

M o d a l so‘z ning ma’no turi.Modal so‘z ifodalaydigan ma’nosiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1)  fikrning aniqligini bildiradigan modal so‘z: darhaqiqat, darvoqe, haqiqatan/haqiqatdan(ham), rost, to‘g‘ri/to‘g‘risi, rostdan, chindan;

2)fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so‘z: balki, ehtimol, chamasi, aftidan, mazmuni;

Sintaktik vazifasi.Modal so‘z quyidagi sintaktik vazifada keladi:

  1. Kirish so‘z: Bu, shubhasiz, bizning yutug‘imiz. Tabiiy, bir kun oldin ekkan hafta burun o‘radi. Balki bu biz bilmagan yangi elementdir.
  2. So‘zgap:

Bemorni kasalxonaga yotqizish kerakmi?

Albatta.

Majlis bir soatda tugarmikin?

Ehtimol.

Modal ma’noli so‘z:

1. Kesim: Kitob bor. Daftar yo‘q;

2. Kesimning tarkibiy qismi: Bugun borishim kerak. Kitobning keragi yo‘q;

3. Sifatlovchianiqlovchi: Yo‘q narsani yo‘ndirib bo‘lmaydi.

4. Bor, yo‘q, kerak so‘zi otlashsa, otning sintaktik vazifasini bajaradi: Bor maqtansa topilar, yo‘q maqtansa chopilar.

M o d a l so‘z larda shakl va ma’no munosabati.Modal so‘zma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik munosabatida bo‘ladi:

1)  ma’nodosh modal: chamasi –chog‘i –mazmuni; shubhasiz –shaksiz –so‘zsiz; o‘zo‘zidan –tabiiy; haqiqatda –haqiqatdan –darhaqiqat; voqean – darvoqe –aytgancha –deganday; ehtimol –balki.

2)  zid ma’noli modal: bor –yo‘q, ha –yo‘q.

3)  shakldosh modal: to‘g‘ri, rost, tabiiy (sifat) –to‘g‘ri, rost, tabiiy (modal); albatta, rostdan, chindan (ravish) –albatta, rostdan, chindan (modal).

Modal so‘z ma’noli qism (morfemalar)ga ajraltilmaydi:aftidan, shubhasiz. Lekin unda omonim bo‘lgan mustaqil so‘z ajratiladi: Uning tobi qochganligi aftidan bilinardi (aftidan –ot, aftidan). Bu haqiqat shubhasiz (shubhasiz – ot, shubha – siz).

Modalga o‘tish bosqichida turgan ayrim so‘zni modal yoki modal emas deyish qiyin. Shuningdek, xullas, xullasikalom, demak, bas, binobarin, qisqasi, umuman; mas., shuningdek, jumladan, chunonchi; aksincha; avvalo, avvalambor, nihoyat; aytganday, aytmoqchi, zotan; xususan, ayniqsa, asosan; koshki, zora, yaxshiki, xayriyat, shoyad kabi so‘zni ko‘proq so‘zlovchining qo‘shimcha munosabatini ifodalashga xoslanayotganligi, kirish bo‘lak vazifasini bajarayotganligi uchun modal so‘z deyish mumkin.

 

Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘zatash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar. Bunday so‘zlar mustaqil so‘roq qabul qilib gapda turli gap bo‘lagi vazifasida kela oladi. Fe’l, ot, sifat, son, ravish turkumiga mansub so‘zlar mustaqil atash ma’nosiga ega bo‘ladi.

 

Nutqimizda ishlatiladigan barcha so‘zlar mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydi. Atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z mustaqil lug‘aviy ma’noli, atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan so‘zlar nomustaqil ma’noli so‘z deyiladi. Mustaqil so‘zdan olmosh, alohida olingan so‘zdan undov, modal va taqlid atash ma’nosiga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

«O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»o‘zbek adabiy tilining me’yoriy lug‘atidan biri. Lug‘at X.Norxo‘jayeva tomonidan tuzilib, 2006- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan.

Lug‘atda so‘zlar quyidagicha tavsiflangan:

I. Har bir so‘zning ma’nosi qisqa va aniq ifoda etilgan.

II. Lug‘atda so‘zlarning, asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida iste’moldan qolgan, eskirgan ma’nolari berilgan.

III. So‘zlarning ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan, har bir ma’noga taaluqli ma’no nozikliklari esa shu ma’no ichida bir tik chiziqdan keyin berilgan. Masalan:

DODXOH (f-t) 1 Adolat talab etuvchi, adolat istovchi. 2 Buxoro xonligida adolat istovchilardan amir nomiga ariza qabul qiluvchi lavozimli kishi. 3 Farg‘ona vodiysi va Toshkentda mingboshi va boshqa ba’zi amaldorlarni ulug‘lash uchun ishlatiladigan so‘z.

IV. Bosh so‘zlarning mustaqil ko‘chma ma’nolari arab raqamlari bilan ajratilgan va ko‘chma belgisi bilan ta’minlangan.

V. Lug‘atda ayrim so‘zlarning leksik ma’no kasb etgan grammatik shakllari (lek, ila, limu, badaliga kabi) ham berilgan turli leksikografik usullar bilan izohlangan.

Masalan:

MURABBA (a, murabba, III sh.brl. murabbai). Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, chorsi.

VI. Ayrim so‘zlarning boshqa so‘zlarga birikib qoshma so‘z yasash xususiyati ham alohida- alohida izohlab berilgan.

VII. Lug‘atda atash vazifali so‘zlarning, ayniqsa, ot, sifat va fe’llarning ma’nolarini ochishda tavsifiy izoh usullaridan keng foydalanilgan. Bu xildagi so‘z ma’nosi uning asosiy belgilari (mas., tashqi ko‘rinishi, tuzilishi, qollanishi, vazifasi, ta’siri, xarakteri yuzaga kelish yo‘li, sababi va sh.k.) orqali ochib beriladi.

Masalan:

ABAD (a) Oxiri, poyoni yo‘q kelajak zamon, mangulik.

ABAJUR (r

VIII. Ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar, undoshlar, taqlidiy, tasviriy va modal so‘zlarni izohlashda tushuntirma izoh usulidan foydalanilgan.

Bunda mazkur so‘zlarning ma’nosi, vazifasi tushuntirilgan.

Masalan:

ORIY (f-t) Shundoq, rost, albatta.

IX. Ba’zi yasama so‘z ma’nolarini ochishda grammatik izoh usullaridan foydalanilgan. Bunda so‘zning ma’nosi shu so‘z havola qilingan so‘zning izohidan anglashiladi.

XI. Lug‘atda ma’nodoshlarning betaraf va faollari izohlangan, qolganlari esa ularga havola qilingan. Masalan:

JARROH (a) Xirurg.

XII. Ayrim hollarda, izohdan keyin, so‘z ma’nosini to‘laroq ochish, izohni to‘ldirish maqsadida izohlanuvchi so‘zning antonimidan ham foydalanilgan bo‘lishi kerak.

Masalan:

ZEHNIYAT (a)…

ZINDON (f-t)…

DAFTARNAVIS (grek +f-t)…

XIII. Ma’nodoshlar boshqa turdagi izohdan keyin ham ishlatilgan. Bunda ular izohni to‘ldirish, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nolarini bir- biridan yaqqolroq faqlash uchun xizmat qiladi.

Masalan:

VALLOMAT Valine’mat. 1.Oqsoqol, boshliq, amaldor. 2. Sarboz, yigit. 3. Oz mehnati singmagan narsalarga, birovnikiga saxiylik, xo‘jayinlik qilaveradigan odam; errayim.

Lug‘at izohli lugatning bir ko‘rinishi.

 

«O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati»–maktabo‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at O.Shukurov va B.Boymatovalar tomonidan tuzilib, 2007-yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, unda sinonimik qatordagi bosh so‘z hamda o‘zlashma so‘zlar aniqlangan.

                   Lug‘atda bosh so‘z qoraytirib berilgan, lekin ular sinonimik qatorning turli o‘rinlaridan joy olgan.

 

«O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»Y.Hamrayeva tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.Lug‘atning maqsadi o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va so‘z boyligini oshirishga, tafakkurini kengaytirishga, til madaniyatini shakllantirishga va to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini mustahkamlashga, shuningdek o‘quvchilarga tilimizga turli tillardan kirib kelgan muayyan so‘zlar hamda atamalar haqida genetik ma’lumot berishga yo‘naltirilgan.

  Lug‘at so‘zligi tilimizga rus va boshqa chet tillari orqali kirib kelgan qadimgi yunon va lotin tillari elementlaridan tashkil topgan va hozirgi kunda jahondagi ko‘plab xalqlarning tillari uchun umumiy bo‘lgan respublika, konstitutsiya, prezident, demokratiya kabi siyosiy atamalarni, shuningdek kimyo, sanoat, sport, falsafa, fizika, geografiya, etnografiya kabi turli ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid so‘zlar va atamalarni, jahondagi ko‘plab mamlakatlarning pul birliklari nomlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun «O‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»dan nafaqat til o‘rgatish darslarida, balki maktab, litsey va kollejlarning sinfxonalarida har qanday fan bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin.

Respublikamiz mustaqillikka erishgach, so‘nggi o‘n-o‘n besh yil ichida uning xalqaro aloqalari yanada kuchaydi, mamlakatimizda iqtisod va siyosat, texnika va sanoat, sport va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Taraqqiyot sari qilingan ildam odimlar natijasida, tilimiz ko‘plab yangi tushunchalarni atovchi so‘zlar bilan yanada boyidi. So‘nggi yillar ichida lug‘atimizga jadal kirib kelgan kompyuter, fayl, sayt, biznes, barter, market, marketing, monitoring, shuningdek avvaldan mavjud bo‘lgan va mustaqillikdan keyin yangicha ma’no kasb etgan vazir, tadbirkor, mahkama, devonxona kabi so‘zlar ham mazkur lug‘atda o‘z o‘rnini topdi.

Lug‘atni tuzishda «O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATI» hamda «SLOVAR INOSTRANNIX SLOV» kitoblaridan foydalanilgan.

Lug‘at maqolalari quyidagicha tuzilgan: har bir maqolaning bosh so‘zlari lug‘atda alifbo tartibida joylashtirilgan. Bosh so‘z va uning muayyan xususiyatiga doir barcha ma’lumotlar va belgilar, unga berilgan izohlar lug‘at maqolasini tashkil etadi. Bosh so‘z katta harflar bilan berilgan, undan so‘ng katta qavs ichida so‘zning genetikasi, ya’ni qaysi tilga mansub ekanligi haqida, keyin esa mazkur so‘z yoki atamaning qaysi sohaga oidligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Agar so‘z tilimizga o‘zlashtirish jarayonida turli fonetik o‘zgarishlarga uchrab, uning o‘zbek tilidagi hozirgi ko‘rinishi o‘zining asl shaklidan uzoqlashib ketgan bo‘lsa, katta qavs ichida etimologik ma’lumotning yonida so‘zning asl ko‘rinishi ham ko‘rsatilgan. Masalan:

VAJ [a vajh] …    

yoki

ASTOYDIL [f-t az tahi dil]…

Bir tildan o‘zlashgan omonimlar, ya’ni shakldosh so‘zlar hamda turli tillardan o‘zlashib omonimik munosabat hosil qilgan so‘zlar alohida-alohida maqolalarda bosh so‘z sifatida berilgan va bir-biridan farqlanishi uchun rim raqamlari bilan belgilangan. Masalan:

GAZ I [f-t] esk. Ilgari amalda bo‘lgan, 0,71metrga teng uzunlik o‘lchovi; arshin.

GAZ II [goll] Zarralari o‘zaro kuchsiz bog‘langan, shu sababli o‘zi ishg‘ol qilgan bo‘shliqni bir tekis to‘ldirib turadigan yengil modda; yonilg‘i.

Tilimizda o‘zlashmalar mustaqil so‘zlar doirasidagina emas, yordamchilar, undov, taqlid va boshqa so‘zlarlar orasida ham uchraydi. Qo‘llanmaning maqsadi o‘zlashma so‘z haqida batafsil ma’lumot berishga yo‘naltirilganligi bois unga barcha turkumlarga oid so‘zlar kiritilgan.

O‘zlashmalarning aksariyati tilimizga rus tili orqali kirib kelganligi sababli, ularning talaffuzi ham ko‘p hollarda rus tilidagi talaffuzidan farq qilmaydi va bu hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me’yor hisoblanadi. Shuning uchun Lug‘atda so‘zlarning transkripsiyasi, ya’ni talaffuziga doir maxsus ko‘rsatmalar keltirilmagan. Biroq o‘zbek tilida urg‘u turg‘un, u, asosan, so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, hind-yevropa oilasiga mansub tillarning aksariyatida esa urg‘u erkin bo‘lgani uchun, so‘zning har qanday bo‘g‘iniga tusha oladi. Shuningdek, hindcha, yaponcha, portugalcha va ayrim arabcha so‘zlarda ham urg‘u so‘zning birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘iniga tushishi mumkin. Shu bois so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga tushmagan hollarda urg‘u yozuvda ko‘rsatildi.

Alohida maqolalarda bosh so‘z vazifasida kelgan, shaklan o‘xshash, talaffuzda farqlanuvchi so‘zlar (omograflar)ning esa har ikkala shaklida ham urg‘u belgisi qo‘yilgan. Masalan:

AKADÉMIK [r]

AKADEMÍK [r akademicheskiy]

Ma’nodosh (sinonim) so‘zlarning har biri mustaqil ravishda alifbo tartibida o‘z o‘rnida berilib, izohlangan. Ayrim hollarda so‘z izohi o‘rnida ayn. belgisi bilan uning faol sinonimi keltirilgan:

RIYOZIYOT [a] esk. ayn. Matematika.

Lug‘atda so‘zlarning asosan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng qo‘llanadigan ma’nolari qisqa izoh bilan bayon etilgan. Polisemantik (ko‘pma’noli) so‘zlarning har bir mustaqil ma’nosi tartib bilan alohida-alohida izohlangan va bir-biridan farq qilishi uchun arab raqamlari bilan ajratilgan. Ko‘chma ma’noda qo‘llanadigan so‘z oldidan ko‘ch. belgisi qo‘yilgan. Agar shakldosh so‘zlar yoki ko‘pma’noli so‘zning alohida ma’nolari turli turkumlarga oid bo‘lsa, u holda izohlanayotgan so‘zning etimologiyasidan keyin grammatik va uslubiy ma’lumotlar ham berilgan. Masalan:

TAAJJUB [a] 1 sft. Kishini hayratda qoldiradigan, ajablanarli, g‘alati.

  2 ot Ajablanish, hayronlik.      3 kirish.s. Ajab, qiziq.

O‘zbek tilida boshqa so‘z bilan turg‘un birikma shaklida qo‘llanadigan o‘zlashmalar tik to‘g‘ri chiziqdan keyin birikma shaklida qora harflar bilan berilib, izohlangan. Bunda izoh bosh so‘zga emas, ana shu birikmaga tegishli bo‘ladi. Masalan:

IJROIYA [a] | Ijroiya qo‘mita – xalq deputatlarining hokimiyat organlari qarorlarini bajaruvchi, amalga oshiruvchi organi.

yoki

XAYRIYA [a] | Xayriya jamiyati - moddiy yordam uyushtiruvchi jamiyat.

O‘z tilida so‘z yasash qonun-qoidalari asosida hosil qilingan turli yasama so‘slar bizning tilimizga tayyor holda kirib kelganligi sababli, o‘zbek tilida ular tub so‘zlar hisoblanadi. Shuning uchun lug‘atda bunday so‘zshakllarning har biri alohida izohlangan:

DIFFERENSIAL I [lot] ot 1 mat. Erkin o‘zgaruvchan miqdorning cheksiz kichik ixtiyoriy ortmasi…

DIFFERENSIÁTSIYA [lot] Bir-biridan farqlanish, ajralish.

Lug‘at hajman kichik, ixcham va foydalanishda qulay bo‘lishi uchun, unga turli iboralar, maqol hamda matallardan misollar va sitatalar kiritilmagan. Muntazam takrorlanuvchi so‘zlar esa qisqartma shaklida berilgan, ushbi qisqartmalar va boshqa belgilar to‘g‘risida lug‘atning KIRISH qismidan batafsil ma’lumot olish mumkin.

«O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so‘zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan.

«O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati»maxsus, o‘ziga xos lug‘at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O‘.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘at yasama so‘zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so‘zidan beshta yangi so‘z va bu yangi so‘zdan yana beshta boshqa yangi so‘z hosil bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin:

 

amal ®

amal-dor ® amaldor-lik

amal-iy ®

amaliy-ot

g‘ayri-amaliy

amal-la

amal-parast ® amalparast-lik

be-amal ® beamal-lik

 

Yangi so‘z hosil bo‘lishiga tayanch, asos vazifasini o‘tovchi so‘z yasovchi asos hisoblanadi. Yuqoridagi amal so‘zi o‘zidan kelib chiqqan beshta so‘z uchun yasovchi asos. O‘z navbatida bu so‘zlar keyingi yasalish uchun yasovchi asos vazifasini o‘taydi. Yasovchi asosdan yuzaga kelgan so‘z esa yasama so‘z. Amal so‘zidan hosil bo‘lgan beshta so‘z va keyingi yasalishbunga misol.

Yasama so‘zni vujudga keltiruvchi turli vosita mavjud. Ular qo‘shimcha yoki so‘z ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bunday vosita lug‘atda qoraytirilgan (jirniy) shaklda berilgan.

Yasovchi asos va yasama so‘z yig‘indisi yasalish uyasini tashkil qiladi. Lug‘atda har bir so‘zdan yasalgan yasalish uyasi alohida ajratib berilgan.

O‘quv lug‘ati yana quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi:

1) fe’l an’anaviy lug‘atlardagidek harakat nomi shaklida emas, balki buyruq (o‘zak) shaklida berilgan:

lov ® lov-illa, moyil ® moyil-lan, ayni ® ayni-makabi;

2) so‘z yasovchi qo‘shimchadan oldin kelgan lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ajratilib, qoraytirilmagan ko‘rinishda berilgan:

 

maqta ®

maqta-n-ar-li

maqta-n-choq

maqta-r-li

 

bela ® bela-n-chak kabi;

3) omonim so‘zlar rim raqami bilan belgilab berilgan va ma’nosi izohlab ketilgan:

bandI (mashg‘ul) ®band-lik (mashg‘ullik)

 

band II (dasta) ®

band-li

band-lik (dastalik/soplik);

 

4) lug‘atda, asosan, affiksatsiya usuli bilan yasalishlar keltirilgan;

5) tovush o‘zgarishi hodisasining asli “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”da berilgani uchun ko‘rsatilmagan:

bo‘ya ® bo‘yo-q, ot (ism) ® at-a ® ato-q ® atoq-likabi.

Lug‘atda 3257 ta tub so‘z (so‘z yasalish uyasi) berilgan, ulardan 9443 ta yasama so‘z hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. Demak, bu lug‘atda o‘rtacha 1 ta so‘zdan 3 ta so‘z yasalganini ko‘rish mumkin. Albatta, lug‘at o‘zbek tilidagi hamma so‘zlarni qamrab olmagan. Faqat eng faollari – maktab o‘quvchilari uchun zarur bo‘lgan so‘zlargina lug‘atda o‘z aksini topgan.

 

«O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati»maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so‘zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol:

  1. Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo‘yoqning kamayib, salbiy bo‘yoqning ortib borishiga ko‘ra).
  2. darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko‘ra).

«O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati»T.Nafasov va V.Nafasovalar tomonidan yaratilgan, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko‘p nusxada chop etilgan. Lug‘atda talaffuzdosh so‘zlarning quyidagi ko‘rininshlari farqlanadi:        

1. So‘z oxiridagi yasovchi qo‘shimchada: borlik-borliq, bo‘shlik-bo‘shliq, otalik-otaliq, jazlik-jazliq, yo‘qlik-yo‘qliq.

2. So‘z o‘rtasidagi unli tovushlarda: gulkor-gilkor, ravon-rovon, oxir-oxur, devon-divan, jayron-jiyron, may-moy.

3. So‘z o‘rtasidagi undosh tovushlarda: abzal-afzal,

4. So‘z oxiridagi unli tovushlarda: tanga-tango, banda-bandi, daha-daho, jodi-jodu, mavzu-mavze, murabba-murabbo.

5. So‘z o‘zagi oxiridagi undosh tovushda: adip-adib, bop-bob, burch-burj, buyuk-buyuq.

6. So‘z boshidagi unli tovushlarda: abro‘-obro‘, ariq-oriq, axir-oxir, ukki-ikki.

7. So‘z boshidagi undosh tovushlarda: paqir-faqir;

8. So‘z o‘rtasidagi unlining cho‘ziq-qisqa aytilishida: sher-she’r, davo-da’vo.

9.So‘z o‘rtasida bir undoshning bor-yo‘qligida: bo‘yincha-bo‘yicha, ziyrak-zirak.

10. So‘z oxirida undoshning tushib qolishida: go‘sh-go‘sht, bolali-bolalik, uyli-uylik, sus-sust.

11.So‘z o‘rtasida bir unlining bor-yo‘qligida: davur-davr, asir-asr, ahil-ahl, qasir-qasr, ilik-ilk.

12. So‘z oxirida bir-biriga yaqin uyadoshli so‘zlarda: qarz-qars, darz-dars; dakki-daqqi, ko‘klik-ko‘hlik.

Lug‘at 1500 dan ortiq so‘zni qamrab olgan va har bir so‘zga izoh berilgan.

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

 

O‘zlashma so‘z lug‘ati – o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadigan lug‘at. Bu tipdagi lug‘at – izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Mas., O.Usmon va R.Doniyorov tomonidan 1965 yilda nashr etilgan «Ruschainternatsional so‘zlar izohli lug‘ati»da rus va boshqa yevropa tilidan kirib kelgan so‘z izohlangan. 2007- yil «Yangi asr avlodi» nashriyotida Y.Hamrayevaning maktab o‘quvchisi uchun «O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» chop etilgan (q. “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”.)

 Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zo‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini tashkil etadi. Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishi, qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z barcha turkumda mavjud: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal;4) son: bir, o‘n, yuz, ming; 5)ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari. 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) undov va modal: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari; 9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto.

Qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Ammo, shu bilan birga, ular orasida o‘zlashmasi ham ko‘p. Masalan: tojikcha: go‘sht, non, dard, bobo, dugona, do‘st; arabcha: avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya.

Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarish tilning leksikasida ancha sezilarli. Bunda to‘rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim so‘z eskirib, iste’moldan chiqib ketsa, ikkinchidan, allaqachon iste’moldan chiqib ketgan so‘z qayta «jonlanadi», «tiriladi», uchinchidan, yangi-yangi so‘z paydo bo‘ladi, to‘rtinchidan, nofaol so‘z faollashadi, iste’mol doirasi kengayadi, ma’nosida o‘zgarish yuz beradi.

Hozirgi adabiy tildagi eskirgan so‘z eski so‘z, yangi so‘zning jami yangi so‘z, na eskirgan, na yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘z zamonaviy so‘z deb yuritiladi. Demak, o‘zbek tili leksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) zamonaviy leksika; 2) eskirgan leksika; 3) yangi leksika. Ularning qo‘llanishi davrga nisbatan farqlanadi.

Qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zni uchga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shevaga xos so‘z; b) termin (atama); v) argo va jargon. (q. Argo, Jargon, Termin, Shevaga xos so‘z).

 

So‘zleksemaning nutqda ma’lum grammatik shakl va vazifa bilan ro‘yobga chiqqan ko‘rinishi. Leksikologiyaning o‘rganish manbai, ya’ni obyekti bo‘lgan so‘zni tushuncha va ma’nosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. So‘z tovush orqali idrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet, voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa va predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa, uning xususiyati orasidagi ma’lum bog‘lanishni ongda aks ettiradi.

Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘zorqali predmet va hodisa birbiriga qiyos qilinadi va shu yo‘l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Mas., hozirgi o‘zbek tilida daraxt so‘zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi. Ayni zamonda bu so‘z mevali va mevasiz daraxtni, mevali daraxtdan olma, o‘rik, shaftolini, shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalashi mumkin. Misoldan ko‘rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengaygan sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi, shu predmetni anglatgan so‘zma’nosida ham kengayish yuz beradi. So‘zgapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro‘yobga chiqaradi. Biz litseyda o‘qiymiz gapidagi so‘zlar grammatik shaklsiz va bog‘lanishsiz (biz, litsey, o‘qi) holida fikr ifodalay olmaydi.

So‘zlarning ma’noviy tasnifi.So‘zlarni tasniflashda ma’noga asoslanilsa, so‘z quyidagi guruhlarga ajraladi:

  1. Mustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish).

2. Nomustaqil lug‘aviy ma’noli so‘z (olmosh va undov, modal, taqlid).

3. Lug‘aviy ma’nosiz so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama).

Olmosh anglatadigan ma’no – u almashtirayotgan, ishora qilayotgan so‘zning ma’nosi. Mas., ot o‘rnida qo‘llangan olmosh otning, sifat o‘rnida qo‘llangan olmosh sifatning ma’nosiga ishora qiladi, mustaqil holda ma’no anglatmaydi: Salim keldi. U ishlaydi gaplarida u olmoshi Salim otini, Gul – qizil. Gul – qanday? gapining ikkinchisidagi qanday olmoshi oldingi gapdagi qizil sifatini almashtirgan.

Undov, modal, taqlid so‘zning lug‘aviy ma’nosi g‘ayritabiiy.Ular hatto bir butun gap vazifasida ham kela oladi. Bu undov va modalning lug‘aviy ma’nosiz so‘zdan farqini ko‘rsatadi, biroq lug‘aviy ma’nosi matnda anglashiladi. Mas., po‘sht-po‘sht so‘zining nimani haydash uchun qo‘llanayotganligi matnda ma’lum bo‘ladi. Yoki Uyga bor. – Mayli.gapida mayli so‘z-gapi boraman so‘zi anglatgan lug‘aviy ma’noga teng nutqiy ma’noga ega. Biroq bu ma’no mustaqil emas.

Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama lug‘aviy ma’no ifodalamaydi.

            So‘zlarning morfologik tasnifi. So‘zlar morfologik belgilariga ko‘ra ikki umumiy guruhni tashkil etadi:

1. O‘zgaruvchi so‘z(ot, sifat, son, olmosh, fe’l).

2. O‘zgarmas so‘z (ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid).

O‘zgaruvchi so‘z maxsus lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega. O‘zgarmas so‘zlar bunday xususiyatiga ega bo‘lmaydi.

            So‘zlarning sintaktik tasnifi. So‘zlar sintaktik tabiati, ya’ni so‘z birikmasi hosil qilishi, gap bo‘lagi bo‘lib kela olish-olmasligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1. Gap vagap bo‘lagi bo‘lishga xoslangan so‘z: fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid, olmosh.

2.Gap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan, lekin gap bo‘la oladigan so‘z: undov, modal.

3. Gap vagap bo‘lagi bo‘lishga xoslanmagan so‘z: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.

Undov va modal boshqa so‘z bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, o‘zi mustaqil gap, ya’ni so‘z-gap bo‘lib kelish qobiliyatiga ega. Yordamchi so‘z gapda alohida bo‘lak bo‘lib kela olmaydi, balki so‘zni bog‘lash vazifasini bajaradi. Mustaqil so‘z esa gap bo‘lagi bo‘lib kela oladi.

          So‘zlarning yasalishga ko‘ra tasnifi. Tildagi so‘zlar yasalish/yasalmasligiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:

1. Yasaladigan so‘z (ot, sifat, fe’l, ravish).

2. Yasalmaydigan so‘z (son, olmosh, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so‘zlar).

Ayrim dalillar olmosh va sonda ham yasalish mavjudligiga ishora qiladi: allakim, har kim, hech qachon, o‘n besh, yigirma olti kabi. Ularda qo‘shma so‘zlik xususiyati mavjud.

 

Mustaqil so‘z birikuvi 2 ko‘rinishda bo‘ladi: 1) barqaror birikuv (turg‘un birikma); 2) nutqiy birikuv (erkin birikma). Mustaqil so‘zning barqaror birikuvi nutq uchun avvaldan tayyor qilib qo‘yiladi: sadarayhon, uchburchak, sotib oldi, Qarshi davlat universiteti,(qo‘shma so‘z), kalavasining uchini yo‘qotdi(ibora), yetti o‘lchab bir kes(maqol). Bu birikuvning har birida kamida ikkitadan mustaqil so‘z bo‘lib, ular o‘zgarmas, buzilmas qilib bog‘langan. Sanalgan birliklar sintaktik qurilma emas, balki lug‘aviy birlik, ularni tildan tayyor holda olamiz.

Mustaqil so‘zning nutqiy birikuvi nutq jarayonida yuz berib, shu jarayon paytidagina yashaydi, vaqtinchalik hodisa ekanligi bilan ajralib turadi: olma va anor, kitobni o‘qidi, Otam – o‘qituvchi, mening uyim kabi. Nutqiy birikuv erkin bog‘lanish deyiladi.Turg‘un birikuv xalq tomonidan, erkin birikuv esa bir kishi tomonidan yaratiladi. Mustaqil so‘zning erkin bog‘lanishi 2 xil bo‘ladi: 1)teng bog‘lanish;2) tobe bog‘lanish;Mustaqil so‘zning teng bog‘lovchi (bog‘lovchi vazifasidagi so‘z) yoki sanash ohangi yordamida teng bog‘lanishi natijasida so‘z qo‘shilmasi vujudga keladi: olma va anor, qalam bilan ruchkayokio‘qidi, yozdi kabi. Teng bog‘lanishda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘lmaydi: erkak va ayol; erkak, ayol.Teng bog‘lanish so‘z qo‘shilmasi hamda bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida uchraydi. Sintaksis tobe bog‘lanishga asosiy e’tibor qaratadi.

Tobe bog‘lanish natijasida so‘z birikmasi (qalamda yozmoq, qishloqdan kelmoq) va gap (Salim – muallim, Yil yaxshi bo‘ldi) hosil bo‘ladi. Birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan tobe bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi: maktabga borish, daftarning varag‘i kabi. So‘z birikmasida bosh va ergash so‘z bo‘ladi. Bunda ma’nosi izohlanayotgan so‘z bosh (hokim) so‘z, uning ma’nosini ravshanlashtirib kelayotgan, izohlayotgan, to‘ldirayotgan so‘z ergash (tobe) so‘z hisoblanadi. So‘roq hamma vaqt bosh so‘zdan beriladi, so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z ergash(tobe) so‘z hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?). Gapdagi bir so‘z faqat bir so‘zga tobe bo‘ladi. Lekin bir so‘z ko‘plab so‘zga hokim bo‘lishi mumkin.

O‘zbek tilida, odatda, ergash so‘z oldin, bosh so‘z keyin keladi. Ba’zan gap bo‘lagi tartibi o‘zgarganda, ergash va bosh so‘zning o‘rni almashishi mumkin: o‘qidim (bosh so‘z) tarixni (ergash so‘z), vatanim (bosh so‘z) manim (ergash so‘z) kabi. Bunday hol ko‘pincha she’riy nutqda bo‘ladi.

Bosh so‘zning ifodalanishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikkiga bo‘linadi: 1) otli birikma; 2) fe’lli birikma.Bosh so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so‘z bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko‘p, senga kerak.Bosh so‘z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh shakli bilan ifodalansa, fe’lli birikma deyiladi: kitobni o‘qish , ishni bajarib, tez kelgan, daftarga yozmoq.

Ergash so‘zning qanday sintaktik vazifada kelayotganligiga ko‘ra so‘z birikmasi uchga bo‘linadi: a) aniqlovchili birikma: qizil qalam, ukamning daftari; b) to‘ldiruvchili birikma: kitobni o‘qimoq, qalam bilan yozmoq;d) holli birikma: tez kelmoq, yurakdan kuylamoq;

So‘z birikmasi tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda so‘z birikmasi;2) murakkab so‘z birikmasi.Sodda so‘z birikmasida mustaqil so‘z ikkitadan ortiq bo‘lmaydi: beshta daftar, bugun keldi, o‘zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so‘radi.Ajralmas birikma, qo‘shma so‘z, ibora qatnashgan birikma ham sodda so‘z birikmasi hisoblanadi: qilich bo‘yin ot, borsa kelmas oroli, turib javob bermoq, ichi qora odam, oq ko‘ngil bola.Murakkab so‘z birikmasi tarkibida ikkitadan ortiq mustaqil so‘z qatnashib, so‘z birikmasi ichida yana so‘z birikmasi bo‘ladi: g‘ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo‘y, asfalt yotqizilgan keng ko‘chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilarkabi.Mas., g‘ayratli yosh bolalarbirikmasida g‘ayratli – ergash so‘z, yosh bolalar – bosh so‘z. Bosh so‘z o‘z ichida yana bo‘linadi: yosh – ergash so‘z, bolalar – bosh so‘z. Bunda sodda so‘z birikmasi kengayadi. Bunday birikma so‘z birikmasi zanjiri deb atalgan: kalta yengli chiroyli guldor shefon ko‘ylak kiygan qiz.

So‘z birikmasining so‘z, ibora, sintagma va gapdan farqi. So‘z birikmasi ma’nosi bilan so‘zga, shakli bilan ibora, sintagma va gapga o‘xshaydi, ammo o‘ziga xos farqqa ega.

S o‘zbirikmasi va so‘z. So‘z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umumiy ifodalash uchun xizmat qiladi. Mas., kitob deganda umuman kitobni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz. So‘z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab ketadi, ammo so‘z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatdan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o‘quvchi – a’lochi o‘quvchi, yozish – tez yozish. Demak, so‘z umumiy, so‘z birikmasi nisbatan aniq tushuncha beradi. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi o‘zaro quyidagicha farqlanadi: qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi, chunki u bitta so‘z, so‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z esa alohida-alohida so‘roqqa javob bo‘ladi; sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo‘shma so‘z; jo‘shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo‘shib nima qilmoq?). So‘z birikmasi – qo‘shma so‘zning ilk bosqichi. U o‘sib qo‘shma so‘zga aylanadi: ko‘zning oynagi – ko‘zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash kabi.

S o‘z birikmasi va ibora. Ibora (barqaror birikma) – ma’no jihatidan bir so‘zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan lug‘aviy birlik. Uning tarkibidagi so‘zni bosh yoki ergashga ajratish mumkin emas: tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi, oq yo‘l, og‘zi bo‘sh. Ibora bir so‘zga teng, shuning uchun gapda bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: Sizga oq yo‘l(ibora, to‘ldiruvchi) tilayman. So‘z birikmasidagi mustaqil so‘z nutq jarayonidagina birikuv hosil qiladi va bosh so‘z ham, ergash so‘z ham alohida gap bo‘lagi bo‘lib kelishi mumkin: A’lochi (ergash so‘z) o‘quvchilar (bosh so‘z) kelishdi. Bunda ergash so‘z aniqlovchi, bosh so‘z ega vazifasida.

So‘z birikmasi va sintagma. Sintagma fonetik hodisa, unda ikki so‘z o‘zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so‘z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so‘zning o‘zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. Sintagma – gap tarkibidagi kichik pauza bilan ajratilgan qism. Mas., Maktabga borganda Karim bilan gaplashib turibman gapi uch sintagmadan iborat: Maktabga borganda (1) Karim bilan (2) gaplashib turibman (3). Bunda birinchi sintagma Maktabga borganda(1)so‘z birikmasiga teng, qolganida bir mustaqil so‘z va bir mustaqil bo‘lmagan so‘zdan tashkil topgan:Karim bilan (2) gaplashib turibman (3). So‘z birikmasi esa kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi. Sintagmadagi so‘z ketma-ket joylashishi shart, so‘z birikmasida esa shart emas: Mas., Uyga tez bor gapida ikkita so‘z birikmasi mavjud: uyga bor, tez bor. Lekin uyga bor birikmasi a’zosi orasida tez so‘zi joylashgan.

So‘z birikmasi va gap. Gap fikr bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa tushuncha bildirib, tugallanmagan ohang bilan aytiladi: katta ko‘cha. Gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kesimlik qo‘shimchasi bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Bahor. (gap), Atrof yam-yashil libosga burkangan.

          So‘z birikmasida ergash va bosh so‘zning birikish usuli. Ergash va bosh so‘z quyidagi usul yordamida birikadi:a) boshqaruv; b) moslashuv; d) bitishuv.

Boshqaruv. Ergash va bosh so‘zning tushum/jo‘nalish/o‘rin-payt/chiqish kelishigi va ko‘makchi yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi. Demak, boshqaruvda ergash so‘z bilan bosh so‘zning birikishi ikki xil: 1) kelishikli boshqaruv: ilg‘orlarni tabriklash, uyga ketish, shaharda yashash, qishloqdan kelish;Ayrim holda kelishik belgisiz bo‘lishi ham mumkin: olma terish, shahar borish. U baribir kelishikli boshqaruv deyilaveradi.2)ko‘makchili boshqaruv: Sayr haqida suhbat, paxta uchun kurash, sayohat to‘g‘risida gapirish.

  1. Bosh va ergash so‘zning qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘lanishi moslashuv deyiladi. Bunda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi ergash so‘zni bosh so‘zga, egalik qo‘shimchasi bosh so‘zni ergash so‘zga bog‘laydi: ukamning kitobi. Bunday birikma a’zolari shaxs va sonda moslashadi. Ega va kesim ham moslashuv usuli yordamida bog‘lanadi: Men ketdim. Lekin u gap bo‘lganligi uchun so‘z birikmasi doirasida o‘rganilmaydi.Moslashuvda ba’zan qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi tushirilishi mumkin: maktab hovlisi, bizning maktab. U baribir moslashuv deyilaveradi.
  2. Ergash so‘zning bosh so‘z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so‘z tartibi yordamida birikishi bitishuvdeyiladi. Bitishuvda doimo ergash so‘z avval, bosh so‘z keyin keladi: tiniq suv, katta ko‘cha. Ularning o‘rni o‘zgartirilsa, gap hosil bo‘ladi: Suv tiniq. Ko‘cha katta.Bitishuvda ergash so‘z vazifasida shu vazifaga xoslangan sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so‘z keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o‘qigan odam, jo‘shib kuylamoq. Bosh so‘z ot va fe’l turkumidan iborat bo‘ladi.Esda tutish kerakki, birga o‘qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg‘ondan gapirmoqkabi birikmaning ergash so‘zida o‘rin-payt/jo‘nalish/chiqish kelishigi qo‘shimchasi yoki ko‘makchi bo‘lishiga qaramay, boshqaruvli emas, bitishuvli birikma sanaladi, chunki bu birikma tarkibidagi kelishik va egalik qo‘shimchasi o‘zidan oldingi so‘z bilan "qotib" qolgan va so‘zni bog‘lashda hech qanday roli yo‘q.

 

So‘z tarkibi tahlili(morfemik tahlil)– so‘zlarni ma’noli qismlarga, ya’ni asos va qo‘shimchaga ajratish va izohlash. Tartibi: 1. Ma’noli qismga ajratish. 2. Asos va qo‘shimchani aniqlash. 3. Qo‘shimchaning vazifasiga ko‘ra turini aniqlash. 4. Qo‘shimchaning tuzilishiga ko‘ra, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi, o‘zbekcha yoki o‘zlashma ekanligi. 5. Qo‘shimchavariantlari. 6. O‘zakka qo‘shimchaqo‘shiluvida yuz bergan fonetik o‘zgarish.

Namuna: be-g‘ayrat-lig-i-dan

g‘ayrat – asos, be-, -lig, -i, -dan morfema; be- – sifat yasovchi, -lig – ot yasovchi, -i – III shaxs, birlikdagi egalik shakli, -dan – chiqish kelishigi; be-, -lig, -i, -dan – tuzilishiga ko‘ra sodda; be- sinonimlari no-, -siz (beumid, noumid, umidsiz), antonimlari ba/bo-, -li, -dor (beodob – boadob, beaql – aqlli, beunum-unumdor); be- fors-tojikcha, -lig, -i, -dan – o‘zbekcha; -i – shakldoshi: -i1 (tinchi) fe’l yasovchi, -i2 (do‘zaxi) sifat yasovchi; -lig – fonetik variant, asli -lik, -dantan/nan – dialektik varianti; -lik morfemasida egalik shakli ta’sirida jarangsiz tovushning jaranglilashuvi yuz bergan.

So‘z turkumlariso‘zlarning ma’noviy va grammatik umumiyliklariga ko‘ra guruhlari. O‘zbek tilida so‘zlar eng umumiy belgilariga ko‘ra dastlab uch guruhga ajratiladi:

Mustaqil so‘z turkumi: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish.

Yordamchi so‘z turkumi: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama .

Alohida olingan so‘zlar turkumi: modal, undov, taqlid, taklif, tasdiq va inkor.

Mustaqil so‘zlar olamdagi narsa, hodisa, belgi, miqdor, harakat, holat kabini ataydi, ya’ni mustaqil lug‘aviy ma’noga ega, so‘roq oladi. Mustaqil so‘z turkumi sirasida faqat olmosh predmethodisa, belgi va miqdorni bildira olmaydi, balki unga ishora qiladi.

Yordamchi so‘z gap bo‘lagi va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapni o‘zaro bog‘laydi yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no yuklaydi. U lug‘aviy ma’noga ega emas, so‘roqqa javob bo‘lmaydi va yakka holda gap bo‘lagi bo‘lib kelmaydi.

Alohida so‘zlar nisbiy mustaqil lug‘aviy ma’noga ega. Ular goho so‘roqqa javob bo‘lsa ham, o‘zining maxsus so‘rog‘iga ega emas. Gapda qandaydir sintaktik vazifani bajaradi. Lekin har biri o‘ziga xos umumiy xususiyati bilan alohidaalohida turkumni tashkil etadi.

Mustaqil so‘zning qaysi turkumga kirishini aniqlash - so‘roq berish asosida. Har bir turkumning o‘z so‘roq tizimi bor. Ammo birdan ortiq turkumga xos umumiy so‘roq ham mavjud. Mas., qanday so‘rog‘i sifat, ravish va otga, nima so‘rog‘i ot, olmosh, taqlid, harakat nomiga ham xos. Ot esa sifat va ravish vazifasida kelganda uning so‘rog‘iga javob bo‘ladi: yog‘och qoshiq –qanday qoshiq?, takror aytmoq –qay tarzda aytmoq?

Sifatning so‘rog‘iga sifat o‘rnida qo‘llanuvchi olmosh, fe’lning sifatdosh shakli, sifat vazifasida kelgan ot, taqlid va modal ham javob bo‘ladi. Sifat otlashib, otning so‘rog‘ini olishi mumkin.

Demak, mustaqil so‘z turkumiga xos so‘roqni olish bilan birga, birdan ortiq turkumning umumiy so‘rog‘i borligini ham esda tutish lozim.

So‘zning so‘roqqa javob bo‘lolmasligi uning sof yordamchi yoki yordamchi vazifasidagi so‘z ekanligini ko‘rsatadi.

So‘z turkumlarining morfologik belgisi – uning qanday grammatik qo‘shimchani qabul qila olishi. Mas., ot turkumi birlik va ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasini, sifat va ravish daraja ko‘rsatkichini, fe’l nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi qo‘shimchasini oladi.

So‘z turkumlarining yasalish bilan bog‘liq belgisi – har bir yasaluvchi turkumning o‘ziga xos yasovchi qo‘shimchasi borligi. Mas., li sifat, chi ot, la fe’l, ona ravish yasaydi. Olmosh va sonda yasovchi qo‘shimcha yo‘q.

So‘zni tasniflash uchun, avvalo, har birining atash ma’nosini emas, balki umumiy ma’nosini hisobga olish kerak. Mas., ot predmet, sifat predmet belgisi, ravish harakat belgisi, son aniq miqdor, fe’l ishharakat va holat ma’nosiga ega.

So‘zning ma’noviy, morfologik, sintaktik, yasalish belgisi quyidagi jadvalda berilgan:

 

So‘z turkumi

Ma’noviy belgisi

Morfologik belgisi

Sintaktik

belgisi

Yasalish belgisi

 

fe’l

harakat va holat ifodalaydi

nisbat, harakat tarzi, zamon, mayl, harakat tarzi, bo‘lishli-bo‘lishsizlik

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Ot

shaxs, predmet, o‘rin ifodalaydi

son, kichraytirish-erkalash

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Sifat

predmet belgisini ifodalaydi

daraja

gap bo‘lagi bo‘lib keladi

yasaladi

 

Son

miqdor ifodalaydi

tartib, dona, chama, jamlovchi, taqsim shakli

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

Ravish

harakat belgisini ifodalaydi

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasaladi

 

Taqlid

tovush yoki ko‘rinishga

taqlid ifodalaydi

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

Olmosh

barcha mustaqil so‘z turkumi ma’nosini ifodalaydi

barcha mustaqil so‘z turkumi lug‘aviy shaklini oladi

gap bo‘lagibo‘lib keladi

yasalmaydi

 

ko‘makchi

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘zni so‘zga tobelabbog‘laydi

yasalmaydi

 

bog‘lovchi

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘zni so‘zga teng, gapni gapga teng va tobe bog‘laydi

yasalmaydi

 

yuklama

lug‘aviy ma’noga ega emas

lug‘aviy shakli yo‘q

gap bo‘lagi vazifasida

kela olmaydi

yasalmaydi

 

Modal

munosabatni atash

 

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘z-gap bo‘lish, gap bo‘laklari bilan bog‘lana

olmaslik

yasalmaydi

 

Undov

his-hayajonni tasvirlash

lug‘aviy shakli yo‘q

so‘z-gap bo‘lish, gap bo‘laklari bilan bog‘lana

olmaslik

yasalmaydi

So‘z turkumlari orasida ko‘chish hodisasi – muayyan bir turkumga mansub so‘zning boshqa turkumga xos ma’noviy va sintaktik belgiga ega bo‘lishi. O‘zbek tilida boshqa turkumga ko‘chgan yoki ko‘chishga shay turgan so‘zlar talay, bu so‘zning ayni paytda qaysi turkumga kirishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun:

a) vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish;

b) butunlay boshqa turkumga ko‘chish

farqlanadi.

Vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish nutqiy, bunda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Mas., Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur qil gapida son turkumiga mansub bir so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda.

Butunlay ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi. Butunlay ko‘chish deyarli barcha mustaqil so‘zlar doirasida, hatto yordamchi so‘zlarda ham kuzatiladi:

1. Otga o‘tgan: a) sifat: yigit, qiz, o‘g‘il, qari, er, xotin, ko‘r, issiq-sovuq(issiq-sovug‘idan xabar olmoq), achchiqchuchuk, yosh- qari, yosh-u qari, quyuq-suyuq, ko‘k(osmon, nasha, dollar) ("siyoh" so‘zi ham aslida sifatdan ko‘chgan); b) fe’l: yel, shish, yuq, ich, ko‘ch, qir, chaqirdi, chorladi, ko‘rdi, keldiketdi, qo‘ydichiqdi, oldiberdi, oldisotdi; mindimindi(bolalar o‘yinining nomi), bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit, ursur, baqirchaqir, yasantusan, supursidir, yuguryugur oldiqochdi(gap), kuydipishdi (ayol), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (farzand, ya’ni so‘nggi farzand) kabi sodda, qo‘shma, juft va takroriy fe’l; b) fe’lning harakat nomi shakli: kengash, kurash, o‘qish, yozish, o‘tmish, qilmish, qidiruv, o‘ynash, saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, tanlov, tintuv, maqtov, tergov, to‘lov, o‘quv, chanqov, qalov, qarov, to‘ntarish, o‘zgarish, qiziqish, o‘qish, o‘tirish, qarash (vzglyad), muyulish//burilish, burilish ("o‘zgarish" ma’nosida), yozuvchizuv, yurishturish, borishkelish, bosartusar, ko‘rolmaslik, kiraverish; v) fe’lning sifatdosh shakli: o‘qituvchi, bog‘lovchi, kuzatuvchi; g) son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqiz; d) taqlid: ququ (qush), dudut (engil mashina), popop (asli: poppop tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap (magazkushak), shaqshaq (qushning nomi).

  1. Sifatga o‘tgan:a)fe’l: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash.b) fe’lning sifatdosh shakli: kelajak, bo‘lajak; v) ot: tilla, kumush, taxta (tilla uzuk, asal bola), moshguruch, yo‘lyo‘l, rangbarang, xilmaxil.g)olmosh:manman.
  2. Olmoshga o‘tgan: a) ot: odam, kishi, inson (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi);b)son: bir (bir kishi (kimdir); v) sifat: ba’zi (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday).

4. Ravishgao‘tgan: a) fe’lning sifatdosh shakli: charchamasdan (ishlaysan), o‘ylamasdan (gapirdi), indamasdan, bilinar-bilinmas; b) fe’lning ravishdosh shakli: osha, o‘ta, ura, qayta, qo‘yarda-qo‘ymay, ura-sura; v) ot: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, savat-savat, navbatma-navbat.

5. Yuklamaga o‘tgan: a) son: bir;b) sifat:yakka, yolg‘iz.

6. Modalga o‘tgan: a) ot: haqiqatdan, chamasi, mazmuni; b) sifat: yaxshi, so‘zsiz, tuzuk, to‘g‘ri, tabiiy; d) olmosh: qani, qalay;

7. Bog‘lovchiga o‘tgan: a) son: bir; b) ravish:ba’zan;b) yuklama: ham;d) ko‘makchi: bilan.

8. Ko‘makchiga o‘tgan: a) ot: ost, ust, old, orqa, tomon, tag, tepa, ich, ora, qosh, lab, yoqa, og‘iz; b) fe’lning ravishdosh shakli: qarab, boshlab, ko‘ra, deya, deb, o‘xshab; d) sifat: tashqari, boshqa, bo‘lak, o‘zga; e) ravish: avval, oldin, ilgari, keyin, so‘ng.

Sanalganning ayrimi bugungi kunda boshqa turkumga butunlay o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ayrimi hali o‘tish bosqichida. Mas., mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgisi sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, qancha, nechta, nechanchi so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Jamlovchi son shakli bu talabga to‘la javob berolmaydi. Ayni paytda jamlovchi sonning -ov, -ala, -ovlon, -ovlab, -ovlashib shakli ajratiladi. Qayd etilgan shakldan -ovlab, -ovlashib shakli, bizningcha, jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi sondan yasalgan fe’lning ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib.

Asosiy shakl sifatida -ov, -ala, -ovlon ko‘rsatkichlari ajratilishi mumkin. Ma’lumki, bundan -ov, -alashakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. -ovlon shaklli jamlovchi sonning atash ma’nosi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon (olti kishi)ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. -ov, -ovlon shakli barcha sonlar kabi ot bilan birikmaydi, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‘rog‘iga javob bo‘lmaydi, barcha son o‘zaklaridan jamlovchi son hosil qilinmaydi. U ko‘proq otga xos belgiga ega. -ala shakli esa sonlik belgisini ham o‘zida birmuncha saqlab turibdi: uchala bola ham qo‘shni qishloqdan ekan. Jamlovchi son shaklidagi ma’no taraqqiyoti quyidagicha:

-ala -ov -ovlon

Ko‘rib o‘tilganidek, bular orasida -ala shaklida sonlik belgisi birmuncha saqlangan, -ovlon shaklida otlik belgisi kuchaygan. -ov shaklida sonlik ham, otlik ham mushtarak. Demak, jamlovchi sonning -ov va -ovlon shakllari ayni paytda otga ko‘chishni «boshidan kechirmoqda».

 

So‘z yasash –yangi so‘z hosil qilish. O‘zbek tilida to‘rtta mustaqil so‘z turkumi – ot, sifat, fe’l, ravish yasalishi tan olinadi.Yasama son va olmosh tilda mavjud emas.So‘z yasalishining tarixiy va zamonaviy turi farqlanadi. Zamonaviy so‘z yasalishida yasama so‘zning o‘zakka aloqasi sezilib turadi. Mas., kitobxon so‘zi kitob so‘zi bilan, ishchi so‘zi ish so‘zi bilan, gulla so‘zi gul so‘zi bilan aloqadorligi ko‘rinib turibdi. Tarixiy yasalishda yasama so‘zning o‘zakka aloqasi sezilmaydi. Bu maxsus tekshirish natijasida aniqlanadi. Mas., qishloq, ovloq so‘zini qish, ov so‘ziga bog‘lab bo‘lmaydi. Chunki u tarixiy yasalishga oid. Qorovul, yasovul, silliq so‘zida ham shu hol kuzatiladi. Darslikda so‘z yasalishining quyidagi usuli e’tirof etiladi: a) qo‘shimcha qo‘shish usuli (affiksatsiyayoki morfologik usul); b) so‘z qo‘shish usuli (kompozitsiya yokisintaktik usul). Tilshunoslikka oid boshqa har xil manbada bundan boshqa usul borligi ham aytiladi: a) boshqa turkumga ko‘chirish usuli (konversiya); b) so‘zni yangi ma’noda qo‘llash usuli (semantikyoki leksiksemantik usul); v) tovushni o‘zgartirish usuli (fonetik usul); g) so‘zni qisqartirish usuli (abbreviatsiya). Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev va boshqalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida so‘z yasashning qisqartirish (abbreviatsiya) usuli ham bor deyiladi. (Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiev A. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: pedagogika institutlari filologiya fakulteti studentlari uchun darslik. –T.: O‘qituvchi, 1980.– B. 186. Qilichev E. Hozirgi o‘zbek adabiy tili: o‘zbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi uchun qo‘llanma. – Buxoro, 2005. –B. 136.) E.Qilichevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasida esa bu usul keltirilmaydi. Demak, bu usul munozarali. So‘z yasalganda, yangi lug‘aviy ma’no vujudga kelishi lozim. Qisqartma so‘zda bunday hol kuzatilmaydi. Mazkur darslik va qo‘llanmada qayd etilgan sintaktikleksik usulda so‘z birikmasining vaqt o‘tishi bilan qo‘shma so‘zga aylanishi nazarda tutiladi: tokqaychi, qashqargul, mingboshi, jo‘xoripoya, yengiltabiat, kaltafahmkabi. Ko‘rinadiki, bunday so‘z yasalishi so‘zni so‘zga qo‘shish, ya’ni sintaktik usuldan farq qilmaydi: erksevar, belbog‘, tomorqa, boshpana, asalari, tuyaqush, oybolta, qo‘ziqorin, xushfe’l.Demak, bu ikki usulni birlashtirib, so‘zni qo‘shib so‘z yasash (kompozitsiya, sintaktik) usuli deyish mumkin. Fonetik usul deganda so‘z tarkibidagi tovushni o‘zgartirish orqali yangi so‘z yasash tushuniladi. Bunda so‘z boshqa turkumga ko‘chishi ham mumkin: ko‘r (fe’l) –ko‘z (ot), qattiq (sifat) –qatiq (ot), semir (fe’l) –semiz (sifat), oyoq (ot) –yayov (ravish), artmoq (fe’l) –archmoq (fe’l).

So‘z yasalishi tahlili. So‘z yasalishi tahliliso‘zlarning yasalish turi, usuli va xususiyatini aniqlash.Tartibi quyidagicha:1. So‘z yasash qolipi aniqlanadi. 2. Qoliphosilasiningnutqiy, lisoniylashayotganyokilisoniylashganligianiqlanadi. 3. So‘zyasovchimorfemalaraniqlanadi.

Namuna: Bilimdonlik

(fe’l) + (im) = asosdananglashilganharakatnatijasiniatash: bilim, terim, tinim, o‘rim, to‘plam; unumli lisoniy qolip, fe’ldan ot yasalmoqda; (ot) + (don) = asosdan anglashilgan narsaga egalikni bildirish: gapdon, bilimdon; kam unum lisoniy qolip, otdan sifat yasalmoqda; (sifat, ravish) + (lik) = asosdan anglashilgan belgi bilan bog‘liq holatni atash: mardlik, tezlik, xursandlik; unumli lisoniy qolip, sifatdan ot yasalmoqda; Bir o‘zakdan uch marta so‘z yasalgan.

Ikki mustaqil so‘zning birikib yasalishidanqo‘shma, juft va takroriy so‘z hosil bo‘ladi.

Qo‘shma so‘z: sadarayhon, sotib oldi, tuyaqush, soddadil, biroz, bir nafas, birpas.

Juft so‘z: qozon-tovoq, achchiq-chuchuk, achchiq-tiziq, bola-chaqa, katta-kichik;

Juft so‘z yangi lug‘aviy ma’no anglatsa, yasama so‘z hisoblanadi: bordi-keldi (aloqa), issiq-sovuq (ahvol), quyuq-suyuq (ovqat). Mas., chol-kampir so‘zining ma’nosi chol va kampir, aka-uka so‘zining ma’nosi aka va uka, asta-sekin so‘zining ma’nosi asta va sekin so‘zining alohida-alohida atash ma’nosidan farqlanmaydi. Demak, bular yasama so‘z emas.

Takroriy so‘z:ququ(qush), dudut(yengil mashina),popop(asli: poppop, tikuv mashinasi), tutu(tovuq),patpat(mototsikl), shapshap, es-es, ko‘z-ko‘z, qop-qop, tez-tez, tog‘-tog‘, yo‘lyo‘l, yoryor, izmaiz.

Qo‘shma, juft, takroriy so‘zning hosil bo‘lishi kompozitsiya usulida, lekin undan so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shib yangi so‘z yasalsa, qo‘shimcha qo‘shish usuli ham yuzaga chiqadi: nomnishonsiz, domdaraksiz, orzuhavasli, og‘ainigarchilik, pirpirak, pirpiramoq, po‘shtpo‘shtlamoq, sarsonsargardonlik, sonsanoqsiz, uyjoyli, gijgijlamoq, hayhaylamoq, qarindoshurug‘chilik, haybarakallachi, vaqtichog‘lik, boshpanasiz kabi. Demak, bir so‘zda ikki yasalish usuli ham voqelanishi mumkin.

So‘z ma’no munosabatiga ko‘ra ma’nodosh, zid ma’noli, uyadosh, butun-bo‘lak, turjins munosabatidagi so‘zga, shakl munosabatiga ko‘ra esa shakldosh va talaffuzdosh so‘zga bo‘linadi.

Taqlid – mustaqil so‘z turkumi sirasida 6-o‘rinni egallaydigan, o‘zgarmas so‘z turkumi.

Ma’noviy xususiyati. Kishi, jonli va jonsiz predmet, hodisa chiqaradigan tovush va uning turli holatiga taqlidni ifodalovchi so‘z taqlid so‘z deyiladi. Taqlid so‘z qanday so‘rog‘iga, otlashsa, nima so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

Morfologik belgisi. O‘zgarmas so‘z. Egalik va kelishik shaklini oladi: taqir-tuquri, g‘ovur-g‘uvurni; yasalish xususiyatiga ega emas, ammo boshqa turkum yasalishiga xizmat qiladi: jizza(ot), sharros (sifat), yaltira (fe’l), tappa, chippa (ravish);

Sintaktik belgisi. Taqlid so‘zsintaktik vazifasiga ko‘ra sifat va ravishga yaqin turadi va so‘rog‘iga javob bo‘ladi:1)sifatlovchianiqlovchi: Gangirgungir suhbatga quloq solib o‘tirdi. Dahlizdan shivirshivir ovoz eshitildi.2) tarz holi: Olmalar duvduv to‘kildi. Alamidan piqpiq yig‘lar edi. Shamol g‘irg‘ir esmoqda; 3) otkesim: Miyangda aql g‘ijg‘ij. Bu yog‘i gijbadabang ekanda.

Otlashganda:1) ega: Shivirshivir tindi; 2) qaratqichaniqlovchi: Qiychuvning boisi nima ekana?3) to‘ldiruvchi: Etigining g‘archini pasaytirish uchun oyoq uchida yurib keldi.

           Taqlid so‘zlarning ma’no turlari.Taqlid ma’nosiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

1)  tovushga taqlid: akak, angang, arar, afshu, bakabang, baqirbuqur, bag‘bug‘, biqbiq, bitbildiq, vangvang, vovvov, gangirgungur, gijbang, guv (shiddatli, bo‘g‘iq tovush), guldur, gurs, jazbuz, jizbiz, ingainga, miyovmiyov, patirputur, taparatapar, taraqaturuq, tars, tarsturs, tarstars, tasiratusur, taqirtuqur, taqtaq, taqtuq, tiqtiq, xirxir, xurxur, chakchak, chalpchulp, chilpchilp, cho‘lpcho‘lp, chirschirs, charschurs, shapirshupur, qars, qarsqars, qarsqurs, qartqurt, qasirqusur, qaqaq, qiychuv, qisir, g‘arch, g‘archg‘urch, g‘at, g‘atg‘at, g‘iz, hingirhingir, ho‘ngirho‘ngir;

2)  holat (obrazga) taqlid: atakchechak, alangjalang, bijbij, bijirbijir, vijvij, vijirvijir, gargar, girgir (aylanmoq), guvguv, gup, dik, dikdik, dikirdikir, duvduv, jimirjimir, jilpangjilpang, zirqzirq, yiltyilt, lapanglapang, limlim, limmolim, lovlov, lop, lo‘qlo‘q, miltmilt, mo‘ltmo‘lt, pildirpildir, shartshurt, yumyum (yig‘lamoq), simsim (og‘rimoq), yalt, yaltyalt, yaltyult, yaraq, yarq, g‘ijg‘ij (aql), g‘img‘ij, g‘irg‘ir (esmoq), hangmang, hilhil (pishmoq).

            Taqlid so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari.Taqlidlar tuzilishiga ko‘ra sodda, juft va takroriy bo‘ladi:

1)  sodda: shig‘, duv, dik, lop, yalt, shuv, tiq; tiqir, liking, shig‘ir, jarang;

2)  juft: g‘archg‘urch, taqtuq, tarsturs, vag‘irvug‘ur, sholopshulup; g‘ivirshivir, chirtpirt, g‘ingping; alangjalang, apirshapir; gijbadabang, qiychuv;

3)  takroriy: guvguv, duvduv, zirzir, lipirlipir, miyovmiyov, cho‘lpcho‘lp, qirtqirt; taqataq, tasiratusir, gursogurs, shaqashaq; g‘irrag‘irra, guppaguppa, sharttashartta; bijbij, vijvij, dag‘dag‘, javjav (oxirgi guruhning qismlari yakka qo‘llanmaydi).

Taqlid qo‘shma shaklda bo‘lmaydi. Ular etmoq, demoq, qilmoqyordamchi fe’li bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi: dik etmoq, shir etmoq, mo‘o‘ demoq, tiqir qilmoq, g‘iz etmoq.

          Taqlid so‘z turkumi tahlili.Taqlid so‘z turkumi tahlilitaqlidning turlari va uning xususiyatini aniqlash. Tartibi quyidagicha: 1. Lug‘aviy mazmuniy guruhini aniqlash. 2. Morfologik tarkibi. 3. Sintaktik shakllarga munosabati. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi. 5. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Zerikkanimdan partadosh qizlarning shivir-shiviriga quloq tutdim.

Ovozga taqlidni bildiradi; shivir-shivir-i-ga; -i I shaxs birlik, -ga jo‘nalish kelishigi; takroriy so‘z, to‘ldiruvchi.

 

Tarixiy so‘z – hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanuvchi o‘tmishga oid, iste’moldan chiqib ketgan narsa-hodisani bildiradi: 1) ijtimoiy-siyosiy nom: podsho, xon,qul, quloq, batrak, qarol, chorikor; 2) mansab, amal, unvon nomi: qozi, amin, bek, amir, arbob, udaychi, g‘unchachi, shotir, zakotchi; 3) buyum nomi: qalqon, dubulg‘a, sovut, charx, duk, halaj, kajava, foytun, dilijon, kashkul; 4) o‘lchov, pul birligi nomi:botmon, dirham, miri, paqir, qadoq, tanob arshin; 5) kiyim-kechak nomi:kuloh, choriq, paranji, chachvon, qalami, hirqa; 6) hujjat nomi: vasiqa, sanad, taraka xati, vaqfnoma; 7) maorif atamasi: mudarris, xalfa, haftiyak.

Tarixiy so‘z bildiradigan narsa-hodisa iste’moldan chiqib, o‘tmish voqeligiga aylanganligi sababli, uning ko‘pchiligi hozirgi davr kishisi uchun notanish bo‘lishi mumkin.Ayrim ko‘p ma’noli so‘zning ba’zi ma’nosi tarixiylashib, boshqasi saqlanib qoladi. Mas., millat so‘zining Millatingni ayt: Ibrohim Xalilulloh millati gapidavoqelangan«biror dinga mansublik» tarixiy ma’nosi eskirgan.

Tarixiy va arxaik birlikning muhim belgisi:

1) arxaik so‘z hozir mavjud narsaning, tarixiy so‘z–o‘tmish narsa-hodisasi atamasi;

2) arxaizmning hozirgi tilda ma/nodoshi mavjud, tarixiy so‘zda esa yo‘q;

3) tarixiy so‘znarsa/hodisaning yakka nomi, arxaik so‘z birdan ortiq nomning biri.

Umumiste’mol so‘z–qo‘llanish doirasi chegaralanmagan umumxalq ishlatadigan leksika. Hamma uchun tushunarli, atamalar, dialektizmlardan farqlanadi.

Kishining hishayajoni, xitob, haydashchaqirish ma’nosini va rasmodat bilan bog‘liq murojaatini bildiradigan so‘z undov deyiladi.

Undov atash, yasalish xususiyatiga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmas. Gap bo‘lagi bo‘lib kelolmaydi va u bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi. Otlashib, otning shakl yasovchisini qabul qiliadi va sintaktik vazifasini bajaradi.

Undov demoq, solmoq, tortmoq, urmoqkabi fe’l bilan birikib qo‘shma fe’l hosil qiladi: oh demoq, dod solmoq, uf tortmoq, oh urmoq.

Morfologik belgisi.Morfologik jihatdan o‘zgarmaydi. Ma’noli qismlarga ajralmaydi.

Sintaktik belgisi.Gapda quyidagi vazifalarda keladi: 1)kirish so‘z: Voy, bu o‘zimizning Salimku. E, sekinroq gapir. 2)undalma: Hoy, qayoqqa ketyapsan? Ey, nimaga ovora bo‘lyapsiz? 3)so‘zgap: Eh! Hayot bir lahza mening hukmim bilan yursaydi. Hoo! Buni o‘zimga oldim.

Otlashsa otning sintaktik vazifasini bajaradi: Ortiqcha ohvoh (ega) o‘rinsiz. Dodvoydan (to‘ldiruvchi) nima foyda?!

          Undovlarning ma’no turlari. Undov ma’nosiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi:

1)  hishayajon: iye, eh, o, uh, uf, baybay, ho, o‘hho‘, ehe, e, hayhay, aha, eha, haya, o‘, i, a, o‘h, obbo, iya, he, iyevoy, ura, vo, vodarig‘, esiz, evoh, vahvah, ajabo.

2)  haydashchaqirish: a) odamga qaratilgan: hoy, oy, ay, allo, ey, ma, tss, marsh, qani, jim, tek, fisht; b) hayvon/parrandaga qaratilgan: behbeh, pishtpisht, pisht, tutu, gah, kuchkuch, mahmah, xo‘sh, tak, dirr, ish, xix, chu(h), kisht, hayt, xuyt.

Bundan tashqari, undovning yana ikki kichik guruhi bor:

3)  rasmodat: assalomu alaykum, salom, assalom, vaalaykum assalom, xayr, xo‘sh, xo‘p, marhamat, marhabo, rahmat, tashakkur, shukur, qulluq, balli, ofarin, barakalla, qoyil, hormang, bor bo‘ling, esonmisiz, omonmisiz, uzr.

4)  ko‘rsatish, ta’kid: hu, huv, ha, hmm, hov.

Undovlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Undovlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

a) sodda: eh, o, uf, kisht, xayr, uzr, oh, ma, pisht, obbo;

b) qo‘shma: Bor bo‘ling, assalomu alaykum, vaalaykum assalom;

d) juft: o‘hhu, ehhe, ehha, voybo‘, voydod, evoh; ehaa, voyvoyey;

e) takroriy:baybay, ohoh, mahmah, pishtpisht; eee, baybaybay, hayhayhay.

O‘z ichiga oluvchi so‘z uya so‘z va uyaga kiruvchi so‘z uyadosh so‘z deyiladi. Qo‘y uya so‘zi o‘z ichiga qo‘zi, sovliq, qo‘chqor, shishak, to‘qli so‘zini olsa, qoramol so‘zi sigir, novvos, ho‘kiz, buqa, g‘unajin so‘zini oladi.

Bir uyaga kiruvchi uyadosh so‘z ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan daraxt uyasi o‘z ichida mevali daraxt va mevasiz daraxt uyasiga bo‘linadi. Bu uyachada daraxt nomi mevali va mevasizga bo‘lingan holda yashaydi. Mas., ot uyasi quyidagi kabi uyachalarga bo‘linadi:     

a) jins uyasi: ayg‘ir, baytal;

b) zot uyasi: arabi, bedov, qozoqi, muguli, axaltaka;     

v) rang-tusi uyasi: saman, to‘riq, chovkar, qorabayir, qashqa, jiyron;        

g) vazifa uyasi: salt, aravakash, yukchi, uloqchi, poygachi;

Uya yoki uyadosh so‘z o‘rnida so‘z birikmasi ham bo‘lishi mumkin. Bunga mevali daraxt va mevasiz daraxt birikmasi misol bo‘ladi. U daraxtning mevali turiga nisbatan uya birikma, daraxt uyasiga nisbatan uyadosh birikma.

Variantdosh so‘zikki yoki bir necha xil yozilishga ega so‘z. Hammasi ham imlo qoidasiga binoan to‘g‘ri yozilgan hisoblanadi. Bu so‘zni paronimvasinonimdan farqlash kerak. Paronimda yozilishivaaytilishi bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki so‘zning ma’nosi butunlay boshqa-boshqa bo‘ladi. Sinonimda esa shakli butunlay o‘zgacha, ma’no qirrasida ham farq sezilib turadi. Variantdosh so‘z ma’noda zarracha farq qilmaydi. Ular bir so‘zning ko‘rinishlari. Faqat yozilishida farq bor, xolos. Buning sababi bir varianti fonetik yozuv asosida bo‘lsa, ikkinchi varianti morfologik yoki boshqa yozuv qoidasi asosida yozilgani. Demak, bir so‘z turli yozuv (tamoyili) qoidasi asosida ham yozilishi mumkin. abr - avr; adab - odob; ajdarho, ajdahor, ajdar - ajdaho; akildoqlik - akillaklik; alaklamoq - alahlamoq; alifbo - alfavit; anovi - anavi.

Ba’zi variantdosh so‘z juft so‘z orasiga bog‘lovchi vazifasida kelgan -uaffiks-yuklamasining qo‘shilib kelishvakelmasligiga ko‘ra farq qiladi. Lekin barcha juft so‘z orasida ham -uyuklamasi biriktirilavermaydi. Masalan: baqiriq-chaqiriq, yemay-ichmay, janjal-suron kabi so‘z -uyuklamasiz yoziladi. Shuningdek, dog‘-hasrat, dog‘-hijron, balo-qazo so‘zi -ibilan, yani dog‘i hasrat, dog‘i hijron, baloyi qazotarzida yoziladi. Quyida bog‘lama vazifasidagi -uyuklamasi bilan yoziladigan juft so‘zdan keltiramiz: abgor-abgashta - abgor-u abgashta; afsus-nadomat - afsus-u nadomat ; aft-angor - aft-u angor; aft-bashara - aft-u bashara; ahd-paymon - ahd-u paymon; ajiz-niyoz - ajz-u niyoz; amr-farmon - amr-u farmon; anjom-ashyo - anjom-u ashyo; aql-farosat - aql-u farosat;

Variantdosh so‘zning ko‘pchiligi bermoq, olmoq, yubormoq ko‘makchi fe’l (harakat tarzi) bilan bog‘liq. Bu ko‘makchi fe’l o‘zi qo‘shilib kelgan yetakchi fe’lga -vermoq, -olmoq va -vormoq tarzida qo‘shiladi: bajara olmoq - bajarolmoq; beravermoq - bera bermoq; berolmoq - bera olmoq; betlasholmoq - betlasha olmoq; bilavermoq - bila bermoq.

ba- va bo- qo‘shimchalari bilan farq qiluvchi variantdosh so‘zlar ham mavjud: baadab - boadab; bama’ni - bama’no; baobro‘ - boobro‘.

Variantdosh so‘z manbalarda dublet so‘z ham deb yuritiladi.

 

Yangi so‘z– tilda yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘i sezilib turgan so‘z:lizing, audit, market, test, internetkabi. Ular fanda neologizm deb ham yuritiladi.

Neologizm quyidagi turga ega:

a) yangi yasalgan: serverxona, dendixona, devonxona, oraliq nazorat, yakuniy nazorat;

b) yangi ma’no kasb etgan: tadbirkor, xalqa (yo‘l), nazorat, do‘kon, foiz;

v) yangi kirib kelgan: reyting, test, audit, market.

Yangi so‘zdavr o‘tishi bilan

Yordamchi so‘zlarmustaqil atash ma’nosiga ega bo‘lmaydigan, so‘roq qabul qilmaydigan, mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kela olmaydigan, so‘z yasalishi va shakl yasalishi uchun asos bo‘la olmaydigan so‘zlar. Bunday so‘zlar turli grammatik ma’no va munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. U mustaqil so‘zda va gapda grammatik ma’no ifodalashning alohida turini tashkil etadi. Yordamchi so‘zlarga ko‘makchi, bog‘lovchi va yuklama kiritiladi.

Ko‘makchi mustaqil so‘z bilan birga kelib, oldin turgan so‘zni keyingi so‘z bilan sintaktik aloqaga kiritadi. Bu bilan kelishikka o‘xshaydi. Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz gapida ko‘makchi yordamida «holat» grammatik ma’nosi yuzaga chiqib, ishonchso‘zi qaraymiz so‘ziga bog‘lanadi. Telefon orqali gaplashdimgapidako‘makchining«vosita» ma’nosi yuzaga chiqib, telefonso‘zini gaplashdim so‘ziga bog‘lagan. Do‘stlik biz uchun hamisha ilhom va kuch-quvvat manbai bo‘lib kelgan gapida yordamchi so‘zlar«atalganlik» ma’nosini ifodalab, biz so‘zini bo‘lib kelgan so‘ziga bog‘lagan. Ko‘rinadiki, grammatik ma’no va vazifa birgalikda yashaydi.

Bog‘lovchi uyushiq bo‘laklarni, qo‘shma gapning tarkibiy qismlarini bog‘lash, ular orasida har xil tenglashtirish, zidlash, ayirish kabi grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi: olma va anor, o‘qidi, lekin yozmadikabi. Ba’zan gap boshida ham keladi: Sitora aytdi. Lekin Munira tushunmadi.

Yuklama ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadi.

Yuklamaning morfologik ma’no ifodalash imkoniyati uning sintaktik imkoniyatidan kengroq. Chunki ular mustaqil so‘z va gapga qo‘shimcha ma’no yuklashi bilan ahamiyatli.

Mustaqil so‘z ham o‘rni bilan yordamchi so‘zdek grammatik ma’no ifodalaydi: juda, eng, bag‘oyat, nihoyatda, o‘ta, sal, birmuncha kabi ravish daraja ma’nosini ifodalaydi; olmoq, bermoq, qolmoq, o‘tirmoq, chiqmoq, ketmoq, boshlamoq, bo‘lmoq kabi 40 dan ortiq ko‘makchi fe’l harakat ma’nosini nutqqa moslaydi, lug‘aviy ma’noga grammatik ma’no qo‘shadi: o‘qib chiqdi, yoza boshladi, qo‘rqib ketdikabi.

          Yordamchi so‘z turkumi tahlili. Yordamchi so‘z turkumi tahlili uchta yordamchi so‘zlarning turi, xususiyatlarini aniqlash. Tartibi: 1. Yordamchi so‘zlarning qaysi guruhiga kirishi. 2. Vazifasiga ko‘ra turi. 3. Qo‘llanilishiga ko‘ra turi. 4. Tuzilishiga ko‘ra turi.

Namuna: Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (Oyb.) Men-ku chidayapman. Faqat opasiga qiyin… (S.Ahm.)

Buyon – ko‘makchi, sof ko‘makchi; chiqish kelishigidagi so‘zni boshqarib kelgan; so‘z shaklidagi ko‘makchi.

Va – bog‘lovchi, teng bog‘lovchi; yakka qo‘llanadi; so‘z shaklidagi bog‘lovchi.

Ku – yuklama, ta’kid yuklamasi; qo‘shimcha yuklama.

Hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasining asosini zamonaviy leksika tashkil etadi. Bu leksika umumiste’mol so‘z, qo‘llanilishi chegaralanmagan so‘z, faol so‘z, zamondosh so‘z kabi atama bilan ham yuritiladi

 

1. bir so‘zi ikkita bo‘lmadi: aytgani bajarildi

2. gapi, so‘zi bo‘g‘ziga tiqilmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

3. Ikki so‘zning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

4. so‘z bera(di)mi?!: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvda yutib chiqishga qodir bo‘ldi

5. so‘z berdi: 1)muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat berdi 2)ahd-u paymon qildi

6. so‘z bermaslik I: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvda yutib chiqishga qodir bo‘ldi

7. so‘z bermaslik II: muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat berdi

8. so‘z bermaydi: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmadi, o‘z bilganicha ish tutdi 3)bahslashuvda yutib chiqishiga qodir bo‘ldi

9. so‘z oldi: 1)muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat oldi 2)ahd-u paymon qildirdi

10. so‘z otdi: 1)fikrini bilish maqsadida biror gap-so‘z aytdi 2) suhbatga tirtish maqsadida tegajoqlik bilan gapirdi

11. so‘z qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi

12. so‘z qistirdi: biror kishining nutqi davomida shu nutqni bo‘luvchi so‘z-gap ilova qildi

13. so‘z qotdi: 1)suhbatga tortish maqsadida gap aytdi 2)biror kishining nutqi davomida yo‘l-yo‘lakay biror fikrni aytib qoldi

14. so‘z tashladi: 1)fikrini bilish maqsadida biror gap-so‘z aytdi 2) suhbatga tirtish maqsadida tegajoqlik bilan gapirdi

15. so‘z tegadigan bo‘ldi: tanbeh eshitadigan bo‘ldi

16. so‘zi o‘tdi: aytgani inobatga olindi, ma’qullandi

17. so‘zida qattiq turdi: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

18. so‘zida turdi I: ahdini saqladi

19. so‘zida turdi II: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

20. so‘zidan qaytdi: ahdidan voz kechdi

21. so‘ziga kirdi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

22. so‘ziga so‘z qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi

23. so‘zini berdi: ahd-u paymon qildi

24. so‘zini bermaslik: 1) boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapirdi 2)itoat qilmaslik, o‘z bilganicha ish tutdi 3) bahslashuvdayutib chiqishga qodir bo‘ldi

25. so‘zini ikki qilmaslik: aytgani bajarildi

26. so‘zini qaytardi: rad javobini berdi

27. so‘zlari bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

1. Fonema – morfema – so‘z – qolip
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkibining katta-kichikligiga ko‘ra)

2. Gapdon – so‘zamol – notiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining faol-nafaolligiga ko‘ra)

3. Harf – so‘z – so‘z birikmasi – gap – matn
Ma’nosiga ko‘ra
(birlikning katta-kichikligiga ko‘ra )

4. So‘z bermoq – va’da bermoq – lafz qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchlikuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

5. Tovush – bo‘g‘in – so‘z – to‘xtam – jumla
Ma’nosiga ko‘ra
(nutq birliklari tarkibining sodda-murakkabligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.