Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘y} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so‘y-moq
Izoh(lar)i:
so‘y

1. Bo‘g‘ziga tig‘ tortib o‘ldirmoq, bo‘g‘izlamoq. Tovuq so‘ymoq. Chumchuq so‘ysa ham, qassob so‘ysin Maqol
Latifjon: Xo‘p bo‘ladi, dodxoh Bo‘rdoqini so‘yishga qassobni chaqiraymi? Hamza
Qudalaringni nima bilan kutishni bo‘lsa, o‘zing bilasan: tuya so‘yib charlaganingda ham, kelmaydirgan kishilar! A. Qodiriy

2. Kesmoq, bo‘laklamoq, kesib-kesib qo‘ymoq. (asosan, qovun, tarvuz, anor va shu kabilar haqida). Pichoqsiz (yoki tig‘siz) so‘ymoq O‘tmas pichoq bilan so‘ymoq Kamoliddin maxdum nonni ushatib, patnusdagi anorni oldi-yu, avaylab so‘ya boshladi. Sh. Rashidov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: suymoq Yaxshi ko‘rmoq, sevmoq; erkalamoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.