1. 1. Bitta yo‘g‘on etli o‘qda joylashgan to‘pgul.
2. 2. Makkajo‘xorining donli yoki doni olingandan keyin qolgan o‘zagi; to‘pmevasi. So‘ta yoqmoq. So‘talarni yig‘ishtirmoq. ▬ Mana shu hafta suvli darada kiyik jo‘xori so‘tasini kemirib turganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. N. Normatov, Ismoil tog‘a tarozisi Donalari marvaridday jo‘xori so‘tasini otmoqchiday, ona do‘q qildi qizga. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. shv. hv. Tayoq, kaltak. Ha, bo‘yning uzilgur! deb, yerdan uzun so‘ta olib quvdi. S. Siyoyev, Saratonda qor yog‘di Qirdan oshgan yerda bir odam kelyapti, egnida janda, qo‘lida so‘ta, og‘zidan parcha-parcha ko‘pik to‘kilib kelyapti. Yusuf va Ahmad
1. Lapashang – lavand (lavang) – epashang – bo‘shang – landavur – noshud – so‘tak – bo‘sh-bayov – latta Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)