Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘r} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: so‘r-moq
Izoh(lar)i:
so‘r fl

1. 1. Lablarga qo‘yib yoki lab orasiga olib, siqib ichga tortmoq. Anorning suvini so‘rmoq. Javzo kirmay, rovoch suvini so‘r. Maqol

2. 2. Shu yo‘sinda ovqatlanmoq, emmoq (bola haqida). Ona ko‘kragini so‘rib yotmoq.

3. 3. Damiga tortib olmoq. Nasos suvni so‘rib oladi.

4. 4. Umuman, tortib olmoq. Kuz oftobi ertalabdan oqshomgi yomg‘ir zahrini so‘ra boshladi. Y. Shamsharov, Kumush piyola
Tepaga ko‘tarilgan quyosh o‘tli tili bilan yer bag‘ridagi barcha namni so‘rib olardi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

5. 5. Tirik organizmlarning suvini, shirasini, qonini maxsus a’zolari yordamida tortib ichmoq (hasharotlar, qush va hayvonlar haqida). Kapalak gul suvini so‘radi. Zuluk qon so‘radi. Yosh o‘rgimchaklar onasining har tomonidan qon suyuqligini so‘raveradi. Fan va turmush

6. 6. Og‘izga olib va tupuk bilan ho‘llab, selini til va tanglay harakati bilan asta-sekin ichga yutmoq; shimmoq. Konfet so‘rmoq. — Biz dehqon odammiz, Saidqul, — dedi u. — Siz u — ayollar bilan ko‘p gaplashib, oz tanovul qilib, keyin gazagiga qand so‘radigan. M. M. Do‘st, Lolazor

7. ko‘chma hma Zo‘rlik yoki aldov bilan birovning kuchidan, mehnatidan, boyligidan foydalanmoq; ekspluatatsiya qilmoq. [Zuhra:] Sigirning qulog‘iga tushgan kanaday erni so‘rib yotish ham yaxshi kasb! A. Qahhor, Og‘riq tishlar

8. 8. Chekmoq, tortmoq. Chilim so‘rmoq. Bektemir maxorka o‘rab, jimgina so‘ra boshladi. Oybek, Quyosh qoraymas

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.