Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘rg‘ich}
So‘z bo‘g‘inlari: so‘r-g‘ich
Izoh(lar)i:
so‘rg‘ich ot

1. 1. Emizikli bolalar emchak o‘rnida so‘radigan rezina buyum; emizik. Tursun To‘rayevichning hali-veri gapdan tiyilishiga ko‘zi yetmagan xotin qo‘lidagi bolasini yon tarafdagi stulga o‘tqazdi-yu, og‘ziga so‘rg‘ichini berib, jahl bilan o‘rnidan turdi. N. Aminov, Qahqaha
Iskandar yelinning so‘rg‘ichdek uchlaridan tiz-tiz cho‘zilib tusha-yotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi

2. anat. at. Teri va shilliqparda sirtidagi sezgir do‘mboqchalar. Tilni tekshirgan chog‘-da til so‘rg‘ichlariga ham diqqat bilan qarash lozim. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
[So‘ruvchilarning] Og‘iz so‘rg‘ichi gavdasining uchida, uning tubida og‘iz teshigi joylashgan. O‘zME

3. bot. ot. Chirmashib o‘sadigan parazit o‘simlikning tuksimon o‘simtalari.

4. s. t. t. Surg‘uch. Xizmatkorlar ko‘zalarning og‘ziga so‘rg‘ich surib, qatronga yumalatib yuborishdi. M. M. Do‘st, Galatepaga qaytish
Bu — vokzalning pochta ombori bo‘lsa ehtimol, eski yashiklardan so‘rg‘ich, yelim, sirach, mumlangan kanop hidi kelib turibdi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: surg‘uch Tez erib, tez qotadigan smola va mum qorishmasi.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.