1. 1. Yolg‘iz qo‘qqayib turmoq; xunukdan-xunuk bo‘lib qo‘qqayib qolmoq.
Ayol kiyim-kechaklar betartib sochilgan xona o‘rtasida gangigandek so‘ppayib turardi. Yoshlik. Xotin mendan biror o‘n yosh kichik, ko‘rinishi ham shunga yarasha, lekin o‘zimizning bo‘larimiz bo‘lgan burun so‘ppayib chiqqan, lunjlar osilgan, bo‘yin qiltiriq tortgan.
M. M. Do‘st, Lolazor
Nima qilsin, bir o‘zi hovlida so‘ppayib tura olmaydi-ku.
Yoshlik
2. 2. Kimsasiz, yolg‘iz bo‘lmoq.
Chol-kampir so‘ppayib qoldik. Uy jimjit bir-birimizga mo‘ltayib qarab o‘tiramiz.
V. G‘ofurov, Vafodor
Hamma dalada, ishda, bir o‘zim mahallada so‘ppayib yurgim kelmadi. R. Rahmon,
Mehr ko‘zda
Dunyoga odam so‘ppayib kelib, so‘ppayib ketadigan bo‘lsa, unday odamning kelganidan kelmagani.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
3. 3. Hech narsasiz, quruqsan-quruq.
Tog‘ani [tog‘aning suratini] ayniqsa besh ketadigan qilib chizibdi. Xo‘p vaqtida buyurgan ekanmi. Bo‘lmasa quruqdan-quruq, so‘ppayib kirib borishardi.
M. Mansurov, Yombi