1. 1. O‘chgan, so‘ngan, o‘chirilgan, o‘chiq.
So‘niq pech.
2. 2. Xira, nursiz.
So‘niq yulduzlar.
▬
So‘niq ko‘zlari mo‘ltirab turgan, har bir buyruqni so‘zsiz bajaruvchi yigit, qadam tashlashidan yosh juvonga o‘xshagan juldur paranjili ayolni saroy tomon boshladi.
M. Osim, Karvon yo‘llarida
3. ko‘chma hma Siniqqan, so‘lg‘in.
So‘niq chehra.
▬
Hafiza noumid uyga keldi. U so‘niq, kayfi past edi.
Mirmuhsin, Umid
Balki qarshingizga kelgandir munis Beva kelinchakning so‘niq ruxsori.
A. Oripov, Yillar armoni
4. 4. Harorati, qo‘ri ketgan; so‘ngan.
Qalbi so‘niq kishilar.
5. ko‘chma hma Bo‘g‘iq, hazin.
So‘niq tovush.
▬
— Hech qanday aybim yo‘q, hech narsa bilmayman, og‘a, — dedi so‘niq ovoz bilan Abdusalomxo‘ja.
J. Sharipov, Xorazm