1. 1. Oxirgi, oxiridagi.
So‘nggi yil. So‘nggi sahifa. So‘nggi pushaymon —o‘zingga dushman.
Maqol
Otam so‘nggi yerini uch tilloga sotgan mahalda men 10—11 yoshlarda edim.
Fan va turmush
Nimaiki yozma kasalxonada, U so‘nggi ishingdek tuyulaverar.
A. Oripov, Yillar armoni
Zargarov mezbonning so‘nggi so‘zlarini eslab jilmaydi.
A. Muxtor, Asarlar
Oxunboboyev, uni xijolat qilmaslik uchun, Norin suvi quyilishi kerak bo‘lgan kanalning so‘nggi uchastkasini ko‘rgani Qoradaryo bo‘yiga tushib ketdi.
S. Ahmad, Ufq
So‘nggi vaqtlarda igna bilan davolash usuliga qiziqish ortib bormoqda.
Fan va turmush
2. 2. Ma’lum ish yoki ma’lum paytdan keyingi, keyin bo‘lgan yoki bo‘ladigan.
So‘nggi qirq yil mobaynida respublikamizda ilmiy xodimlarning umumiy soni 103 marta., ko‘paydi.
Fan va turmush
So‘nggi vaqtlarda shaharda ijobiy siljishlar ko‘zga tashlanayotganligini qayd etib o‘tish lozim.
Gazetadan
[Otabek] Homidning bundan so‘nggi rejalarini o‘rganishga va shunga qarab kurash boshlashga qaror bergan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar