Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘m}
So‘z bo‘g‘inlari: so‘m
Izoh(lar)i:
so‘m ot

1. tar. ar. Sobiq Ittifoqda: sovet rublining o‘zbekcha nomi; rubl. Bir so‘m. Uch so‘m. Provodnik bir dasta kulrang choyshab, bog‘ichi uzilgan yostiq jildlar olib keldi, juvon bilan Nusratbek bir so‘mdan to‘lab olishdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Men g‘isht kukuni qo‘shilgan guruchni devzira deb, kilosini to‘rt so‘mdan sotaman. S. Ahmad, Yulduz

2. 2. O‘zbekiston Respublikasining asosiy pul birligi (1994 yil 1 iyuldan). Ikki yuz so‘m. Ming so‘m. So‘mning muomalaga kiritilishi O‘zbekiston pul muomalasi va hisob-kitoblar tizimini tashkil etish hamda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zME

3. Katta chipqon, ho‘ppoz.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. so‘m I Ot
katta chipqon

2. so‘m II Sifat
yaxlit, lahm (so‘m go‘sht); gavdali, salobatli

3. so‘m III Ot
pul birligi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Miri – tiyin – so‘m
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdorning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.